RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzakalon Ismoiliy ko‘chasi, 1A-uy hududida daraxtlar va bolalar maydonchasi o‘rnida avtomobillar uchun avtoturargoh tashkil etilayotgani yuzasidan tanqidiy murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida Mirzakalon Ismoiliy MFY hududida yer maydonini betonlashtirish holati mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda hududda sug‘orish tizimini o‘rnatish, shuningdek, Salar kanali atrofida 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan ko‘cha infratuzilmasini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, hududda suv chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36989
151



