Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Shayxontohur tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Shayxontohur tumani, Ko‘kcha MFY, Beshqayrag‘och ko‘chasi, 24-uy oldida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash holati aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro K.H.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Hurmatli fuqarolar! Atrof-muhit tozaligini saqlash, hududlar obodligini ta’minlash va ekologik madaniyatga rioya qilish har birimizning burchimizdir.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36988
145
