❗️❗️❗️
Ushbu maʼlumot 👈
bo‘yicha maslahat va ko‘rsatma. Bu tizim davomli ishlashi yoki to‘xtashidan menga biror manfaat yo‘q. Lekin, to‘xtagandan ko‘ra doimiy ishlab, umid qilib yurganlarga foydasi tegsa xursand bo‘lamizku. Shu sabab yozyapman. Aynan
shu xabardagi tizim Koreya tomoniga doimiy foyda keltirsa ketuvchilar davomli bo‘ladi. Agar foydasiz bo‘lsa, kimga kerak ortiqcha chiqim!?
O‘zini oqlashi bu — chaqiriluvchi ishchining chaqirgan kompaniyaga uzoq vaqt foydasi tegishi.
O‘zini oqlamasligi — yuqoridagini aksi.
Oddiy misol, deylik siz ishlab chiqaruvchisiz va qo‘shningiz o‘g‘lini ishga oldingiz. Avvaliga o‘zi qiladigan ish bo‘yicha 3 oy davomida to‘lovini qilib malakasini oshirtirdingiz. Ishga kelib sizni qo‘lingizda 1-2 oy ichida kamchiliklarini to‘ldirib haqiqiy usta ishchiga aylandi. Va to‘satdan sizda ishlamasligini aytib, yuqoriroq ish haqi beradigan narigi mahalladagi huddi shunday ishlab chiqarishga o‘tib ketdi. Ketgizgan vaqtiz va pulizga achinib turganizda yana shu qo‘shningizni kichik o‘g‘li ish so‘rab chiqdi. Qiziq akasi ketib qoldi, ukasiga ishonasizmi?
Kema ishi — og‘ir sanoat. Haqiqiy armiya, desa ham bo‘ladi. Maxsus kiyim, doimiy «qurol» lar, temirlar bilan «jang». Haqiqiy urushda hech kim qatnashmagan, qatnashmasin ham. Siz ham dastlab o‘zingizni shu urushga tushib qolganday his qilasiz. 3-6 oygacha «dux» i yetib chidab berganga keyin bu «urush» yoqa boshlaydi.
🌟
Kema ishidagi «+» lar: Ish vaqti juda tez o‘tadi, har 2 soatda dam olish vaqti. Ortingizdan yoki kuzatuv kameradan doimiy nazorat yo‘q.
«Palli-palli» so‘zini deyarli eshitmaysiz. Mavsumiy kiyim kechak va ovqatingiz bepul. Malakaga qarab bonus pullari. Bayram sovg‘alari. Ayrim kemasozlikda shanba, yakshanba ishlaganiga 20 soatlik ish haqi. Ish qobiliyatingizga qarab o‘suvchi oylik haqi. Ishga borish va qaytish uchun bepul avtobus.
🌟Topshirishdan avval jismoniy holatizga, ruhiy holatizga qarang. "Kvota bo‘yicha bir o‘rinni band qildim. Mendan keyin ham men sabab aynan bir o‘rin saqlanib qoladimi yoki men sabab shu o‘rin rizqi yopiladimi?"
Rizq Allohdan, lekin sabablar orqali bir birini keltirib chiqaradiku.
Yaxshi niyat qiling va shu niyatingiz orqali qolganlar ham davomli yo‘lingizdan borsin. Kutish azobini bilasiz va qolganlarni ham o‘z o‘rningizga qo‘yib ko‘ring.
Yana bir narsa, Koreyada 99 foiz holatda boshqa ishga o‘tgandan keyin 1-chaqirilgan kompaniyadagichalik qadrli, oila aʼzosidek bo‘lolmaysiz.
2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlarTanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar2026 Servis1 guruh@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️
Koreyaga borib kelganlarKoreyaga borib kelganlar 2025Ishlab chiqarish 2024