TGViewer
Channel Public Channel
Migration uz eps go kr. Korea mehnat uz

Migration uz eps go kr. Korea mehnat uz

@epskorea1

РЕКЛАМА 👉 @rekmigration


ТЕЛЕГРАМДАГИ ЭНГ ИШОНЧЛИ КАНАЛ
✔️ХАЛОЛ
✔Е9 E7 E8 ВИЗАЛАР БИЛАН
КОРЕЯГА ИШГА ВА ЎҚИШГА БОРУВЧИЛАР УЧУН ҚЎЛЛАНМА

(АДМИНЛАР УЧУН: БИО РЕКЛАМА ЎРНИ БЎШ)

https://t.me/epskorea1
Subscribers
26K
Photos
2.1K
Videos
378
Links
3.1K
Recent Posts 15 shown
Post #6914 402
🍂🍂🍂

🥳 Koreya SPAS baʼzasida tasdiqlanib amal qilish muddati tugamaganlar uchun 2026-yil 4-tanlov xorijiy ishchilarni tanlash rasman 19 oktyabrdan boshlanadi.

4-tanlov sanasi:
Ishlab chiqarish va konchilik: 2026-yil 19–23-oktabr

Boshqa qo‘shimcha sohalar uchun 26–30-oktabr.


Kvotalar:
Ishlab chiqarish – 9 020 kishi
Qurilish – 394 kishi
Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik – 1 906 kishi
Baliqchilik – 897 kishi
Xizmat ko‘rsatish sohasi – 140 kishi


Eng xayrlisi nasib qilsin 🤲



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

🔹 @epskorea1
🔹 @ishborkoreya1
🔹 @e8vizasi

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • ❤ 7
  • 🎉 5
  • 🔥 3
  • 🤝 3
  • 👍 1
Post #6913 6.83K
🌟Koreyada E-9 ishchilarining maoshi: 2026-yilgi yangi statistika qachon chiqadi?

Koreyada ishlayotgan minglab xorijliklarni qiziqtiradigan savol: 🌟 ishchilarining maoshi oshyaptimi va qancha ishchi oyiga 3 million vondan ko‘proq daromad topmoqda?

Hozircha mavjud so‘nggi rasmiy statistikaga ko‘ra:

💲68,8% — oyiga 2–3 million von maosh olgan.

💲30,5% — oyiga 3 million von yoki undan ko‘p maosh olgan.

🌟2026-yilgi yangi statistika  hali e’lon qilinmagan. Koreya Milliy ma’lumotlar idorasining rasmiy rejasiga ko‘ra, yangi tadqiqot natijalari 21-dekabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

🌟Bu statistik maʼlumotlar faqat rasmiy baʼzada ko‘ringan maʼlumotlar bo‘yicha. Odatda dam olish shanba, yakshanba kunlari dam bo‘lsa kunlik arbayt ishlariga chiqib norasmiy tarzda ham o‘z hisoblarini ( kunlik 130 ming wondan 200 ming wongacha) ko‘paytirishlari bu statistikaga kirmagan.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • 👍 20
  • ❤ 8
  • 🤝 3
  • 🔥 2
Post #6912 9.49K
🌟 So‘nggi vaqtlarda 🌟 ishchi vizasi bilan kirib kelayotganlar Koreyaning qaysi hududlarida oshib bormoqda?

🌟Janubiy Koreya chegarasidagi 🌟 ishchilari soni 52 foizga oshdi!

Janubiy Koreyaning Shimoliy Koreya bilan chegaradosh hududlarida 🌟 vizasi bilan ishlayotgan xorijliklar soni 2021-yil oxiridagi 23 480 nafardan 2026-yil avgustida 35 790 nafarga yetdi. Bu — 5 yilda 52,4 foiz o‘sish!

Qaysi hududlarda o‘sish eng yuqori?

🌟Inchon, Ongjin — 696,4%
🌟Gangwon, Yanggu — 434,4%
🌟Inje — 218,3%
🌟Hwachon — 197,9%

Aholisi kamayib borayotgan yoki kamayish xavfi mavjud 9 ta hududda E-9 ishchilari soni 118 foizga oshib, 3 307 nafarga yetgan.

Nima uchun xorijiy ishchilarga talab oshmoqda?

Sabablardan biri — mahalliy aholining qarishi va kamayishi. 2021-yildan 2026-yil avgustigacha ushbu hududlarda 15–64 yoshli koreyslar soni 2,6 foizga kamayib, 2,22 million kishini tashkil etdi.

Aholisi kamayib borayotgan hududlar — yoshlar boshqa shaharlarga ko‘chib ketishi, tug‘ilishning kamayishi va aholining qarishi sababli ishchi kuchi tanqisligiga duch kelayotgan joylardir. Koreya hukumati bunday hududlarni alohida belgilab, ularni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi. 2026-yil oktabrida mamlakat bo‘yicha aholi kamayish hududlari ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilib, 92 ta hudud belgilandi.

Migrantlar huquqlarini himoya qiluvchilar chegara hududlarida ishlayotgan xorijliklarning xavfsizligi va huquqlaridan xavotir bildirmoqda. Xususan, harbiy mashg‘ulotlar haqidagi ogohlantirishlar faqat koreys tilida berilsa, tilni yaxshi bilmaydigan ishchilar xavfni vaqtida anglamasligi mumkin.

🌟Mutaxassislar xavfsizlik ogohlantirishlarini xorijiy tillarda ham e’lon qilishni hamda migrantlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishni talab qilmoqda.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • 👍 22
  • ❤ 9
  • 🔥 2
  • 👏 1
  • 💯 1
  • 🤝 1
Post #6911 5.88K

Forwarded from Global Consult 🇰🇷

🇰🇷 KDB BANKSHOT VA DAROMAD HUJJATLARI SIZNI QIYNAYAPTIMI?

Koreyada bakalavr bosqichiga topshirayotgan ko‘plab talabalar aynan shu ikki hujjatni tayyorlashda qiynaladi.

🔥 Siz uchun qulay taklifimiz bor!
Agar sizda IELTS 5.5 yoki TOPIK 3 sertifikati bo‘lsa, kelayotgan bahorgi semestrda Koreyada o‘qish imkoniyatidan foydalaning!

✅ 1 oylik KDB bankshotsiz
✅ Ota-ona daromad hujjatlarisiz
🎓 Bakalavr bosqichiga topshirib, viza olish imkoniyati!

💰 Konsalting xizmati to‘lovi — faqat vizangiz chiqqanidan keyin!

📩 Universitetlar va qabul shartlarini bilish uchun izohda «BAKALAVR» deb yozing yoki biz bilan bog‘laning:

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
☎️
+998(78)113-6116

📩 Telegram:
@viza_kr

🌐
Instagram | YouTube | TikTok | Telegram
  • ❤ 9
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #6909 8.57K
#Maʼlumot

Ochilgan shaxsiy kabinetga kirolmay qolsangiz yoki login, parolni eslay olmasangiz qayta tiklash usuli. Bu avval ochilgan va kirolmay qolganlar uchun.

Employment Permit System EPS https://www.eps.go.kr/eo/EntProgCk.eo

📶 Saytga kirib 2 xil usulda qayta tiklash mumkin.

❤️ Rasmda ko‘rsatilgan ketma
-ketlikda belgilangan joylarni to‘ldirasiz.

❤️ 2 chi rasmda 1 raqami turgan joyda ID yaʼni loginni topasiz.

❤️ 2 turgan joyga topilgan ID orqali parolni topish qismiga o‘tasiz.

❤️ Belgilangan joylarni to‘ldirib "parolni topish" ni bossangiz keyingi oynaga o‘tadi.

❤️ U oynada telefoningizda aktiv bo‘lib turgan "gmail" ni kirgizsangiz shu gmail ingizga parol jo‘natiladi. Shu parolni kopiya qilib olasiz.

❤️ Va yuqoridagi ssilkaga qayta kirib topilgan ID ni loginga kelgan parolni PW qismiga yozasiz.

❤️ Kirgach sizdan yana tug‘ilgan sana so‘raladi
Masalan: 19990130 tug‘ilgan bo‘lsangiz 990130 qilib yozib OK ni bossangiz, shaxsiy kabinetingiz ochiladi. ✅




2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • ❤ 16
  • 👍 8
  • 🔥 2
  • 🤝 1
Post #6906 5.76K

Forwarded from Post Bot

🎯 TOPIK ballingizni ko‘tarish va 쓰기 — yozish bo‘limidan yuqori ball olish uchun MAXSUS KURSLAR!
📚 Darajangizga mos guruhlar:
🔹 Koreys tilini 0 dan boshlovchilar uchun
🔹 초급 — boshlang‘ich daraja
🔹 중급 — o‘rta daraja

✍️ Maxsus tayyorgarlikda:
✅ TOPIK testlarini ishlash usullari
✅ O‘qish va tinglashda vaqtni samarali taqsimlash
✅ 쓰기 51–54-topshiriqlari uchun yozish usullari va shablonlar
🚀 Darslar 15-oktabrdan boshlanadi!
🗓 Haftada 3 kun
🔴 Barcha darslar JONLI!
💰 1 oy — atigi 299 000 so‘m
Bitta to‘lov bilan 1 oy o‘qing!
🎁 Sovg‘alar: TOPIK materiallari, lug‘at va grammatika kitoblari hamda yozma ish shablonlari!
🏆 Natijalar: @Koreya_Ga
⏳ Qabulning oxirgi kuni — 14-oktabr. Joylar soni cheklangan!
📲 Kursga yozilish uchun: @anger_kuratir
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • ❤ 2
  • 🤝 1
Post #6905 7.15K
🇺🇿✈️🇰🇷 100 нафар ҳамюртимиз — 100 та янги имконият!

Яқинларининг эзгу тилаклари, ҳаяжон ва катта умидлар билан яна 100 нафар ҳамюртимиз Корея Республикасига ишлаш учун йўл олди.


📄 Жорий йил бошидан Корея иш берувчиларидан ҳамюртларимиз учун 1 222 та меҳнат шартномаси келиб тушди. Шундан, 935 нафар юртошимиз ушбу давлатда иш бошладилар. Шартнома олган бошқа номзодлар ҳам белгиланган тартибда навбати билан кузатилмоқда.

®uzmigration


2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • ❤ 17
  • 👍 12
  • 👏 3
  • ⚡ 2
Post #6904 10.2K
Bugun 100 ga yaqin yurtdoshlarimiz 🌟viza bilan Koreyaga jo‘nashmoqda

Safarlari bexatar bo‘lsin, nimaniki yaxshi niyat qilib ketishayotgan bo‘lsa, mehnatlarini rohatida ko‘rishsin 🤲

Niyat qilgan, harakat qilgan barchaga nasib qilsin 🌟



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • 👍 85
  • ❤ 17
  • 🔥 8
  • 🤝 5
  • ⚡ 2
Post #6903 11K
🇳🇵🌟 Непалнинг Кореядаги "Яширин қуроли": NRNA ташкилоти Е9 ишчи визага нима беради ва бизга нима етишмаяпти?

Кореяда Непал ишчиларининг устунлиги фақатгина "инглиз тили" ёки "итоаткорлик" эмас. Уларнинг энг катта кучи — давлатдан мустақил равишда тузилган NRNA (Non-Resident Nepali Association) нодавлат улкан тармоғидир.

Ушбу ташкилот қиладиган ишларни ва унинг мигрантларга фойдасини оддий тилда солиштирсак:

🌟 NRNA қандай ишлайди ва фойдаси нимада?

🌟Муаммоларни тезкор ҳал қилиш: Агар непаллик ишчи заводда ҳаққини ололмаса, касал бўлса ёки ҳуқуқи бузилса — у ёлғиз қолмайди. Ташкилот зудлик билан маҳаллий адвокат ёллаб, ишчининг ҳуқуқини ҳимоя қилади.
🌟Ижтимоий суғурта ва кўмак: Дам олиш кунлари ишчилар учун бепул корейс тили, қонунчилик ва молиявий саводхонлик курслари ташкил этилади.
🌟Юмшоқ PR (Имиж яратиш): Корея ОАВ ва ҳокимиятлари билан ҳамкорликда йирик маданий фестиваллар ўтказади. Корейсларга ўз миллатини "фақат қора ишчи" эмас, "маданиятли ҳамкор" сифатида таништиради. Бу эса корейс бошлиқларининг уларга бўлган ишончини оширади.


Бугунги кунда Кореяда PR етишмаётган давлатлар (жумладан, Ўзбекистон) учун 3 та муҳим тавсия:

1. Бизга Кореянинг ичида расмий рўйхатдан ўтган, корейс қонунчилиги асосида иш юритадиган ягона Нодавлат Уюшма керак.
Айнан Е-9 ишчиларининг овозини Корея ОАВларига олиб чиқадиган, уларнинг ижобий имижини корейс тилида тарғиб қиладиган ягона кучли PR марказ йўқ.

2. Миллат Брендини Кўтариш: Фақатгина иш жойларини реклама қилиш эмас, корейс жамоатчилигига ўзбек йигитларининг меҳнатсеварлиги, ҳалоллиги ва маданиятини кўрсатувчи медиа-лойиҳаларни (корейс тилида) кўпайтириш шарт.
3. Ички Интеграция: Ишчилар, талабалар ва Кореяда ўз бизнесини бошлаган тадбиркор ватандошларни битта мақсад йўлида бирлаштира оладиган "соябон ташкилот" шаклланиши лозим.
Хулоса: Миграция — бу нафақат одам жўнатиш, балки халқаро бозорда ўз брендинг ва PR'ингни ушлаб туришдир. Непал буни аллақачон тушуниб етган.


П.С. Сизнингча, Кореядаги ватандошларимизни бирлаштирадиган, ишчиларнинг имиджи билан шуғулланадиган ва муаммоларини тизимли ҳал қиладиган мана шундай норасмий уюшмага эҳтиёж борми? Гуруҳларимизда фикрингизни ёзиб қолдиринг



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • 👍 49
  • ❤ 10
  • 💯 6
  • 🔥 1
Post #6901 9.79K
  • ⚡ 19
  • 👍 14
  • ❤ 7
  • 👏 3
Post #6894 11.9K
🏗 БУГУН ЎЗБЕКИСТОНДА ТАЖРИБА, ЭРТАГА КОРЕЯДА КАРЬЕРА!

Миграция агентлиги директори Муҳсинхўжа Абдураҳмонов Кореянинг BOMI Engineering & Construction компанияси раиси Kim Deok Yeong билан учрашди.

🏗 Асосий мақсад — Ўзбекистонда халқаро стандартларга жавоб берадиган мутахассисларни тайёрлаш ва улар учун икки давлат меҳнат бозорига йўл очиш.

Бу қандай ишлайди?

🎓 1. ТАЙЁРГАРЛИК — ЎЗБЕКИСТОНДА. Корея стандартлари асосида касб, тил ва меҳнат хавфсизлигига ўқитиш тизимини йўлга қўйиш.

🏗 2. АМАЛИЁТ — ХАЛҚАРО ЛОЙИҲАЛАРДА. Тайёрланган мутахассислар BOMI компаниясининг Ўзбекистондаги қурилиш объектларида ишлаб, замонавий технологиялар ва халқаро иш стандартларини амалда ўзлаштириши мумкин.

🇰🇷 3. КЕЙИНГИ БОСҚИЧ — КОРЕЯ МЕҲНАТ БОЗОРИ. Ўзбекистонда касбий тажриба тўплаган, юқори малакага эга мутахассислар учун кейинчалик Кореяда ишлаш имкониятларини яратиш режалаштирилмоқда.


📌 Ҳамкорликнинг дастлабки амалий йўналишларидан бири — Урганч халқаро аэропортини реконструкция қилиш лойиҳаси.
Компания маълумотига кўра, мазкур лойиҳа учун 1 500 нафарга яқин ходим талаб этилади. Шу мақсадда Урганчда ўқув-ишлаб чиқариш майдончасини ташкил этиш масаласи муҳокама қилинди.

🤝 Учрашув якунида ўзаро англашув меморандуми имзоланди.
®uzmigration



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • ❤ 8
  • 👍 5
Post #6893 7.18K
🌟 Ulsan shahridagi Hyundai kemasozlik kompaniyasida ishlash uchun bu yildagi ikkinchi imkoniyat

O‘tgan safargisi may oyida bo‘lib o‘tgan edi

May oyidagi jarayonda 180 nafar nomzod ishtirok etgan va ulardan 83 nafar yurtdoshlarimiz tanlangan
E-9 vizasi uchun — 80 nafar
E-7 vizasi uchun — 3 nafar

Ushbu xabardagi shartlarga to‘g‘ri kelsangiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishingiz talab qilinadi.
Bu postda esa qo‘shimcha tavsiyalar va Kemasozlik ishi haqida maʼlumot berilgan


Omadingizni bersin 🌟


2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • ❤ 12
  • 👏 2
  • 👍 1
Post #6888 10.9K
🇰🇷 KOREYANING SPAS BAZASIDAGI FUQAROLAR DIQQATIGA!

📢 Koreya Respublikasida SPAS bazasiga kiritilgan nomzodlar uchun ish beruvchilar tanlovi quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

🔹 19–23-oktabr — ishlab chiqarish va tog‘-konchilik;
🔹 26–30-oktabr — xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar.

❗️MUHIM YANGILIK!

Bu galgi tanlovda xizmat ko‘rsatish sohasiga ish beruvchilardan kutilganidan ko‘proq talabnomalar kelib tushgan.

Shu sababli HRD Korea tomonidan SPAS bazasida ishlab chiqarish sohasida ro‘yxatda turgan, bazadagi amal qilish muddati yakunlanayotgan va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tish imkoniyatiga ega nomzodlar ro‘yxati HRD Korea tomonidan Migratsiya agentligiga taqdim etildi.

📌 Ro‘yxatda bormisiz?

Agar ism-familiyangiz ro‘yxatda bo‘lsa va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tishni istasangiz, 18-oktabrga qadar Migratsiya agentligining yashash hududingizdagi filialiga murojaat qiling.

📍Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallari manzillari👈

👉 Ro‘yxatni tekshirish 👈

⚠️ Eslatma: Sohani o‘zgartirish istagini bildirgan nomzodlarning ma’lumotlari Koreya tomoniga taqdim etiladi. Bu ish beruvchi tomonidan tanlanish yoki Koreyada ishga joylashishni kafolatlamaydi. Yakuniy tanlov Koreya tomonining vakolatli tashkilotlari va ish beruvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
⏰ Murojaatlar 2026-yil 18-oktabrga qadar qabul qilinadi!

📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam - 243)
®uzmigration


2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • ❤ 13
  • 👍 11
  • 😱 2
  • 🤝 2
Post #6887 9.2K
❗️❗️❗️

Ushbu maʼlumot 👈 bo‘yicha maslahat va ko‘rsatma. Bu tizim davomli ishlashi yoki to‘xtashidan menga biror manfaat yo‘q. Lekin, to‘xtagandan ko‘ra doimiy ishlab, umid qilib yurganlarga foydasi tegsa xursand bo‘lamizku. Shu sabab yozyapman.

Aynan shu xabardagi tizim Koreya tomoniga doimiy foyda keltirsa ketuvchilar davomli bo‘ladi. Agar foydasiz bo‘lsa, kimga kerak ortiqcha chiqim!?
O‘zini oqlashi bu — chaqiriluvchi ishchining chaqirgan kompaniyaga uzoq vaqt foydasi tegishi.
O‘zini oqlamasligi — yuqoridagini aksi.

Oddiy misol, deylik siz ishlab chiqaruvchisiz va qo‘shningiz o‘g‘lini ishga oldingiz. Avvaliga o‘zi qiladigan ish bo‘yicha 3 oy davomida to‘lovini qilib malakasini oshirtirdingiz. Ishga kelib sizni qo‘lingizda 1-2 oy ichida kamchiliklarini to‘ldirib haqiqiy usta ishchiga aylandi. Va to‘satdan sizda ishlamasligini aytib, yuqoriroq ish haqi beradigan narigi mahalladagi huddi shunday ishlab chiqarishga o‘tib ketdi. Ketgizgan vaqtiz va pulizga achinib turganizda yana shu qo‘shningizni kichik o‘g‘li ish so‘rab chiqdi. Qiziq akasi ketib qoldi, ukasiga ishonasizmi?

Kema ishi — og‘ir sanoat. Haqiqiy armiya, desa ham bo‘ladi. Maxsus kiyim, doimiy «qurol» lar, temirlar bilan «jang». Haqiqiy urushda hech kim qatnashmagan, qatnashmasin ham. Siz ham dastlab o‘zingizni shu urushga tushib qolganday his qilasiz. 3-6 oygacha «dux» i yetib chidab berganga keyin bu «urush» yoqa boshlaydi.

🌟Kema ishidagi «+» lar:
Ish vaqti juda tez o‘tadi, har 2 soatda dam olish vaqti. Ortingizdan yoki kuzatuv kameradan doimiy nazorat yo‘q. «Palli-palli» so‘zini deyarli eshitmaysiz. Mavsumiy kiyim kechak va ovqatingiz bepul. Malakaga qarab bonus pullari. Bayram sovg‘alari. Ayrim kemasozlikda shanba, yakshanba ishlaganiga 20 soatlik ish haqi. Ish qobiliyatingizga qarab o‘suvchi oylik haqi. Ishga borish va qaytish uchun bepul avtobus.

🌟Topshirishdan avval jismoniy holatizga, ruhiy holatizga qarang. "Kvota bo‘yicha bir o‘rinni band qildim. Mendan keyin ham men sabab aynan bir o‘rin saqlanib qoladimi yoki men sabab shu o‘rin rizqi yopiladimi?"
Rizq Allohdan, lekin sabablar orqali bir birini keltirib chiqaradiku.

Yaxshi niyat qiling va shu niyatingiz orqali qolganlar ham davomli yo‘lingizdan borsin. Kutish azobini bilasiz va qolganlarni ham o‘z o‘rningizga qo‘yib ko‘ring.
Yana bir narsa, Koreyada 99 foiz holatda boshqa ishga o‘tgandan keyin 1-chaqirilgan kompaniyadagichalik qadrli, oila aʼzosidek bo‘lolmaysiz.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • 👍 18
  • ❤ 6
  • 💯 4
  • 👏 3
  • 🔥 1
  • 😱 1
Post #6885 10.6K
🇰🇷 MUHANDISLAR UCHUN KOREYADA E-7 VIZASI BO‘YICHA YANGI IMKONIYAT!

Siz elektr muhandisligi yoki kimyo muhandisligi bo‘yicha oliy ma’lumot va ish tajribasiga egamisiz?

Migratsiya agentligi va HD Hyundai Heavy Industries hamkorligida Koreyada E-7 malakali mutaxassis vizasi asosida ishlash uchun nomzodlar tanlovi o‘tkaziladi.


📍 O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi
🏠 O‘qish va yotoqxona xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi.

💰 Minimal oylik ish haqi: 2,156 mln von (taxminan 1605 AQSH dollari)

❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin?

👉YONALISHLAR RO'YXATI BILAN TANISHING👈 (Eligible - to'g'ri keladi , Not elegible - to'g'ri kelmaydi)

▪️ elektr muhandisligi yoki kimyo muhandisligi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega; (bakalavr diplomi - ish tajribasi 1 yil va undan yuqori, mazkur sohalar bo'yicha kollej yoki texnikum diplomi - 5 + yillik ish tajribasi)
▪️ 22–35 yosh oralig‘ida;
▪️ sudlanmagan;
▪️ Koreya elchixonasidan viza rad javobini olmagan;
▪️ koreys tili bo‘yicha TOPIK, SKA yoki “Qirol Sejong” sertifikatiga ega nomzodlar.

📄 Kerakli hujjatlar:
▪️ 👉Anketa👈
▪️👉Tilxat👈
▪️ pasport nusxasi (rangli);
▪️ 2 dona foto (3,5×4,5);
▪️ koreys tili sertifikati;
▪️ bakalavr diplomi nusxasi;
▪️ soha bo‘yicha rasmiy mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat.

🗓
Muhim sanalar:

✅ Hujjatlar qabuli — 7–23-oktabr
✅Hujjatlari tasdiqlangan nomzodlar e’loni — 28-oktabr
✅ Test va suhbat — 2–6-noyabr
✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni — 11-noyabr
✅O‘qish muddati — 2026-yil 16-noyabr – 2027-yil 5-fevral
✅ Yakuniy baholash — 2027-yil 10-fevral

📍 Hujjatlar Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallarida👈 qabul qilinadi.

🚫 Eslatma:
Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi!

⚠️ Muhim:
Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi.

📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55
Ichki raqamlar: 241, 243, 244
®uzmigration



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • ❤ 12
  • 👍 6
  • 🤝 1
Older posts →

About this channel

How can I read @epskorea1 without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Migration uz eps go kr. Korea mehnat uz: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Migration uz eps go kr. Korea mehnat uz have?
Migration uz eps go kr. Korea mehnat uz (@epskorea1) has 26K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Migration uz eps go kr. Korea mehnat uz know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →