TGViewer
Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат @e8vizasi · 3.61K subscribers
Post #1179 564

Forwarded from Migration uz eps go kr. Korea mehnat uz

🇰🇷 MUHANDISLAR UCHUN KOREYADA E-7 VIZASI BO‘YICHA YANGI IMKONIYAT!

Siz elektr muhandisligi yoki kimyo muhandisligi bo‘yicha oliy ma’lumot va ish tajribasiga egamisiz?

Migratsiya agentligi va HD Hyundai Heavy Industries hamkorligida Koreyada E-7 malakali mutaxassis vizasi asosida ishlash uchun nomzodlar tanlovi o‘tkaziladi.


📍 O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi
🏠 O‘qish va yotoqxona xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi.

💰 Minimal oylik ish haqi: 2,156 mln von (taxminan 1605 AQSH dollari)

❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin?

👉YONALISHLAR RO'YXATI BILAN TANISHING👈 (Eligible - to'g'ri keladi , Not elegible - to'g'ri kelmaydi)

▪️ elektr muhandisligi yoki kimyo muhandisligi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega; (bakalavr diplomi - ish tajribasi 1 yil va undan yuqori, mazkur sohalar bo'yicha kollej yoki texnikum diplomi - 5 + yillik ish tajribasi)
▪️ 22–35 yosh oralig‘ida;
▪️ sudlanmagan;
▪️ Koreya elchixonasidan viza rad javobini olmagan;
▪️ koreys tili bo‘yicha TOPIK, SKA yoki “Qirol Sejong” sertifikatiga ega nomzodlar.

📄 Kerakli hujjatlar:
▪️ 👉Anketa👈
▪️👉Tilxat👈
▪️ pasport nusxasi (rangli);
▪️ 2 dona foto (3,5×4,5);
▪️ koreys tili sertifikati;
▪️ bakalavr diplomi nusxasi;
▪️ soha bo‘yicha rasmiy mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat.

🗓
Muhim sanalar:

✅ Hujjatlar qabuli — 7–23-oktabr
✅Hujjatlari tasdiqlangan nomzodlar e’loni — 28-oktabr
✅ Test va suhbat — 2–6-noyabr
✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni — 11-noyabr
✅O‘qish muddati — 2026-yil 16-noyabr – 2027-yil 5-fevral
✅ Yakuniy baholash — 2027-yil 10-fevral

📍 Hujjatlar Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallarida👈 qabul qilinadi.

🚫 Eslatma:
Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi!

⚠️ Muhim:
Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi.

📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55
Ichki raqamlar: 241, 243, 244
®uzmigration



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
  • 🔥 1
More from @e8vizasi
  1. Oct 16, 2026🌟Koreyada E-9 ishchilarining maoshi: 2026-yilgi yangi statistika qachon chiqadi? Koreyada…
  2. Oct 14, 2026🌟 So‘nggi vaqtlarda 🌟 ishchi vizasi bilan kirib kelayotganlar Koreyaning qaysi hududlari…
  3. Oct 13, 2026#Maʼlumot Ochilgan shaxsiy kabinetga kirolmay qolsangiz yoki login, parolni eslay olmasang…
  4. Oct 12, 2026Bugun 100 ga yaqin yurtdoshlarimiz 🌟viza bilan Koreyaga jo‘nashmoqda Safarlari bexatar bo…
  5. Oct 11, 2026🇳🇵🌟 Непалнинг Кореядаги "Яширин қуроли": NRNA ташкилоти Е9 ишчи визага нима беради ва б…
  6. Oct 10, 2026Post #1186
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →