TGViewer
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI @dtrdep · 3.24K subscribers
Post #17242 420
#etimologiya

So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓

YAG‘IR ‘ish hayvonida yukdan ezilishi oqibatida paydo bo‘ladigan yiringli yara’.
Yoli quyuq eshakdan yаg‘ir bo‘lgan ot yashi (Maqol).

Bu so‘z qadimgi turkiy tilda mavjud bo‘lib, ‘o‘y’, ‘chuqurcha hosil qil-’ ma’nosini anglatgan yag‘- fe’lining -(i)r qo‘shimchasi bilan hosil qilingan sifatdosh shakli bo‘lsa kerak. O‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, ы unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan. Sifatlanmishsiz ishlatilishi natijasida bu so‘z belgi ma’nosini anglatishdan narsa ma’nosini anglatishga ko‘chgan: yag‘ir joy → yag‘ir.
 
YAG‘RIN ‘tananing kurak suyaklari joylashgan qismi’.
Kun qiziq. Oftob yag‘rindan urib turibdi (G‘afur G‘ulom).

Bu ot qadimgi turkiy tildagi ‘ajrat-’ ma’nosini anglatuvchi yar- fe’lining -in qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan yasalgan. Keyinchalik r g‘ undoshlari o‘rin almashgan. O‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, ы unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan.
 
🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
More from @dtrdep
  1. Sep 25, 2026Davlat tili mavqeyini yuksaltirish va imlo mezonlarini tartibga solish bugunning ustuvor v…
  2. Sep 25, 2026#Nodir_ovozlar 📌📌📌📌📌📌 ▫️▫️▫️▫️▫️ “Nodir ovozlar” loyihasining 27-sonini e’tiboringiz…
  3. Sep 25, 2026#Oʻrganish Toshkent tumanidagi oshxonalarda taomnomalar holati o‘rganilmoqda O‘zbek tilini…
  4. Sep 25, 2026📌📌📌📌📌📌 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ #Kun_hikmati #Kun_savoli ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
  5. Sep 24, 2026Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga bagʻishlangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →