TGViewer
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI @dtrdep · 3.25K subscribers
Post #17237 397
Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Namangan shahar tibbiyot texnikumida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida texnikumda maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar, oʻquvchilarga bu borada yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Joriy yil 10-sentyabr kuni Oliy Majlis Senatida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida»gi Qonun muhokama qilindi va maʼqullandi. Mazkur qonun bilan oʻzbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi oʻrniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Tadbirda viloyat hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Iroda Qoʻchqorova, Namangan shahar hokimining maslahatchisi Azizbek Abduvaliyev, xalq deputatlari Namangan shahar kengashi kotibiyati mudiri Nosirjon Ubaydullayev ishtirok etib, oʻzgartirishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va imlo qoidalarini takomillashtirish, davlat tilidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, oʻzbek tilini raqamlashtirish jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Tadbir davomida Namangan shahar tibbiyot texnikumi oʻquvchilarining chiqishlari tinglandi, “Til — millat koʻzgusi”, “Bekat” va “Oʻzbekcha soʻylaganim rost” maʼrifiy videoroliklari namoyish etildi.

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
  • 🔥 1
More from @dtrdep
  1. Sep 25, 2026Davlat tili mavqeyini yuksaltirish va imlo mezonlarini tartibga solish bugunning ustuvor v…
  2. Sep 25, 2026#Nodir_ovozlar 📌📌📌📌📌📌 ▫️▫️▫️▫️▫️ “Nodir ovozlar” loyihasining 27-sonini e’tiboringiz…
  3. Sep 25, 2026#Oʻrganish Toshkent tumanidagi oshxonalarda taomnomalar holati o‘rganilmoqda O‘zbek tilini…
  4. Sep 25, 2026📌📌📌📌📌📌 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ #Kun_hikmati #Kun_savoli ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
  5. Sep 24, 2026#etimologiya So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓ YAG‘IR ‘ish hayvonida yukdan ezilishi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →