#Oʻrganish
Toshkent tumanidagi oshxonalarda taomnomalar holati o‘rganilmoqda
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish va kundalik
turmushimizdagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida ayni kunlarda Toshkent tumanida muhim amaliy jarayonlar qizg‘in tus oldi. Asosiy e’tibor hududdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalariga qaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 78-son qarori asosida muassasalardagi taomnomalar, oziq-ovqat nomlari va narx ko‘rsatkichlarining sof o‘zbek tilida rasmiylashtirilishi holati chuqur o‘rganilmoqda.
Ushbu tadbir faqatgina nazorat qilish bilan cheklanmasdan, balki tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish, o'zaro muloqot qilish ruhida kechmoqda. Jumladan, mutasaddilar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tashqi va ichki axborot yozuvlarini qonun talablari doirasida to‘g‘ri yuritish, ehtimoliy xatoliklarning oldini olish yuzasidan zaruriy tavsiya hamda tushuntirishlar berib borilmoqda. Bu kabi sa’y-harakatlar nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlashga, balki har bir go‘shada milliy qadriyatimiz bo‘lgan ona tilimizga nisbatan yuksak hurmatni qaror toptirishga xizmat qiladi.
✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Post #17244
360




