DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI O‘TKAZILDI
2026-yil 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiq, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda “Innovative Academy RSC” Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida “Yashil iqtisodiyot va barqaror iqtisodiy rivojlanish: muammolari va yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjumanning ochilish marosimida DTPI rektori O.A.Ruziyev kirish so‘zi bilan ishtirok etib, yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning dolzarb ahamiyatini ta’kidladi.
Tadbirda Tojikiston Moliya va iqtisodiyot universiteti Menejment kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent S.N. Nuriddinov, TISU Ekonometrika kafedrasi professori B. To‘rayev, Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor S.J.Gadoyev, shuningdek, institutimiz Moliya va bank ishi hamda Raqamli iqtisodiyot kafedralari professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari, magistrantlari va talabalari ishtirok etdilar.
Anjuman davomida yashil iqtisodiyotga o‘tish, resurslardan samarali foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyotda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzalar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
Tadbir yakunida yashil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur anjuman ilmiy muloqotni rivojlantirish, dolzarb iqtisodiy muammolarga yechim izlash va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
Post #61785
1.26K









- 👍 5
- ❤ 2
- 🔥 1
- 👏 1
- 🤝 1