Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabidagi ta’lim modellarini o‘rgandi.
Ibn Xaldun universitetining asosiy tamoyili — intellektual mustaqillik. Bu yerda talabaga mustaqil va tanqidiy fikrlash, turli yondashuvlarni qiyoslash va o‘z g‘oyasini yaratish o‘rgatiladi. Universitet ta’limi ko‘p tilli va xalqaro muhitga yo‘naltirilgan.
“Yenidog‘u” maktabida esa bolaning qiziqishi, fikrlashi va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, o‘z salohiyatini kashf etishiga yordam berish asosiy o‘rinda turadi. Bu yerda nazariyani hayot bilan bog‘laydigan maxsus ustaxonalar, loyihalar va amaliy mashg‘ulotlarga ham katta urg‘u beriladi.
Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #61750
1.36K






