TGViewer
DTPI rasmiy kanali DTPI rasmiy kanali @dtpi_uz · 22.6K subscribers
Post #61741 1.39K
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida O‘zbekiston hamda Tojikiston shoirlari ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, she’riyatga mehrini yuksaltirish hamda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Uchrashuv davomida shoirlar o‘z ijodiy faoliyatlari, she’riyatning inson hayotidagi o‘rni va adabiyotning ma’naviy tarbiyadagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, o‘zbek va tojik xalqlarining mushtarak adabiy merosi, milliy qadriyatlari va do‘stlik rishtalari xususida so‘z yuritildi.

Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan ijodiy muloqot talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuv ishtirokchilari shoirlar bilan fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtubе
  • ❤ 6
  • 👍 5
  • 🔥 1
  • 👏 1
More from @dtpi_uz
  1. Oct 15, 2026Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi Prezident Administra…
  2. Oct 15, 2026E’LON | ILMIY MUHOKAMA KAFEDRA MUHOKAMASI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorij…
  3. Oct 15, 2026E’LON | ILMIY MUHOKAMA KAFEDRA MUHOKAMASI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorij…
  4. Oct 15, 2026#kun_hikmati 🎤 Odamning qadri uning bilimi va xulqi bilan o‘lchanadi. 🪶 Abu Ali ibn Sino…
  5. Oct 14, 2026Oltinsoyda uzumchilik va milliy taomlar festivali boshlandi Oltinsoy tumanida "O‘zbekiston…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →