🍇 Surxondaryoda enoturizm va milliy taomlar festivali o‘tkaziladi
Surxon vohasining betakror tabiati, boy gastronomik merosi, uzumchilik an’analari va mehmondo‘stligi yana bir yirik festivalda namoyon bo‘ladi.
📍 Joriy yil 14–15-oktabr kunlari Oltinsoy tumanidagi "Xo‘jaipok" sanatoriysida "O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari" festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida Surxondaryoning uzumchilik va vinochilik an’analari, milliy taomlari, mahalliy mahsulotlari, hunarmandchiligi hamda turistik salohiyati keng namoyish etiladi.
🤩 Tadbir dasturidan gastronomik ko‘rgazma va degustatsiyalar, enoturizm yo‘nalishidagi taqdimotlar, milliy madaniyat va ijodiy chiqishlar, shuningdek, turizm sohasi vakillari, tadbirkorlar hamda potensial hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.
🤩 Festival Surxondaryoning gastronomik va enoturizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, mahalliy mahsulotlarni ommalashtirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda vohaning turistik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
🎥 Blogerlar, kontent yaratuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, tadbirkorlar, turizm sohasi mutaxassislari va hamkor tashkilotlar vakillari festivalga taklif etiladi.
📅 14–15-oktabr
📍Oltinsoy tumani, "Xo‘jaipok" sanatoriysi
Surxonning betakror ta’mi va uzumchilik an’analarini birgalikda kashf etamiz!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Post #61623
792