#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz
🚫 Yoshlar giyohvandlikka qarshi!
⏯ Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
🔹 Tadbirda Xayrabod garnizoni harbiy qism komandiri, kapitan A.Aralov, institut profilaktika inspektori O.Toshtemirov, fakultet dekani M.Toshboboyev, dekan o‘rinbosari A.Ibragimov, fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etishdi.
🗣 Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar giyohvandlikning inson salomatligi, yoshlar kelajagi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, shuningdek, uning ayanchli oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli illatlardan yiroq bo‘lish va giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
Post #61624
1.08K






- 👍 2
- 🔥 2
- 👏 1