TGViewer
Bek Olimjon Bek Olimjon @drbekolimjon · 29.1K subscribers
Post #1133 24.9K
Men Yevropada yashayotgan odam sifatida vatanga borganimda bir narsa yaqqol seziladi.

Vatanda hayot tempi juda baland. Odamlarda shoshish hissi juda yuqori. Stres balanddek.

Buni chetda yashayotgan boshqa do'stlarimiz ham qayd etishadi.

Vatandagi jamiyatni bunday hayot kechirishini ko'p hollarda salbiy deb qabul qilishadi do'stlarimiz.

Ammo o'ylab ko'rsam, aslo unday emas ekan. Aksincha, bu holat uzoq muddatda jamiyat uchun ijobiy tomonlari ko'p ekan.

Har qanday rivojlangan jamiyatlar ortida yuqori energiyaga ega, tinimsiz harakatdagi tadbirkorlar bo'lganligi ma'lum.

Ular mavjud muammolarga yechim topish, bozor talablariga takliflar yaratish, yangi bozorlar ochish bilan mashg'ul bo'lishgan va hozir ham shunday.

Bu esa vaqt o'tishi bilan butun jamiyatga ijobiy ta'sir qiladi. Bozor, raqobat va shu bilan parallel ravishda bozor ishtirokchilari - odamlarda turli ko'nikmalar rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Aynan shunday yuqori temp, optimizm, hustle madaniyati men hozir yashayotgan g'arb jamiyatida mavjud emas. Aynan shu sabab ham uzoq muddatda bu jamiyatlar yo o'zgarishga majbur bo'ladi, yo inqirozga yuz tutadi yo kelajagini muhojirlarga topshiradi.

Bunday yuqori tempda hayot kechirish shaxs darajasida insonni surunkali stresga olib kelishi bor narsa. Bu kundalik hayotda yoqimsiz va hattoki salomatlik uchun zararli ham bo'lishi mumkin.

Ammo bozor shunday bo'lgani uchun unga ta'sir eta olmaymiz.

Shaxs sifatida nima qilishimiz mumkin?

Bunday yuqori tempdagi jamiyat bizga shaxs sifatida jamiyatdagi yuqori temp momentumidan foydalanib, ko'nikmalar rivojlantirishga, bozorda faol ishtirok etishga va boy bo'lishga yaxshi imkoniyat beradi.

Eng qiyin qismi esa, bunday yuqori energiyaga ega jamiyatda status o'yinlaridan boxabar bo'lgan holda, ularda imkon qadar ishtirok etmaslik.

Qiyin, ammo ilojsiz emas...

Bek Olimjon
15.09.26
Norvegiya
More from @drbekolimjon
  1. Sep 29, 2026Ko'p uchraydigan savol: Erta yoshdagi bola yaxshi rivojlanishi qaysi ilovadan foydalanish…
  2. Sep 28, 2026Murabbiy bilan ishlayotganimga 1 yil bo'ldi. O'tgan yili 1-oktyabrdan boshalgan edik. Dast…
  3. Sep 27, 2026Oxirgi yozilgan, 4 yoshli o'g'limga kitob o'qib berish haqidagi postni sal kengaytirilgan…
  4. Sep 27, 2026Hozir 4 yoshli o'g'lim o'qib bering deb kitoblarini ko'tarib keldi. Ham norvegcha, ham o'z…
  5. Sep 26, 2026Oxirgi postni yozganimdan keyin sal kengaytiribroq yozishga ehtiyoj borligini sezdim. Quyi…
  6. Sep 26, 2026Universitetda o’qish kerakmi? Agar universitet o’rniga maqsadingiz aniq bo’lsa, u maqsadga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →