Konferensiyada o’zimizni qanaqa tutishimiz kerakShu haftaning 19-mart kuni, soat 11:00da IMPACT.T kovorking markazida, ajoyib dizayn konferensiya bo’lib o'tadi. Qatnashishni maslahat qilaman.
Endi, tinglovchilar, ma’ruzachilar va tashkilotchilarga maslahatlarim bor.
Tinglovchilarga:- Kechikmay keling, sal shu odatni yo’qotaylik.
- Konferensiyadan keyin ma’ruzachidan rahmatingizni ayamang. Bir o’giz rahmat desangiz, ko’ngli ko’tarilib qoladi.
- Ma’ruzachiga to’g’ri savol bering. Misol uchun, menga dizayn chizishga yordalashing demang, uni o’rniga dizaynimni tipografikasidan qoniqmayapman, maslahat bera olasizmi yoki foydalanuvchilarni intervyu qilishni yo’lga qo’ya olmayapman, nima qilsam bo’ladi. To’g’ri savol berish bu sizni qanaqa inson ekanligingizni ko’rsatadi. Menga to’g’ri savol bergan shogirdlar bilan hali ham aloqadaman.
- Uyalmang, ma'ruzachi bilan shunchaki kelib 2 o’giz gap ochsangiz bo’ladi. Tanishib qo’ying. O’zingizni borligingizni ko’rsatasiz, kelajakda sizni eslab balkim ish bilan ta’minlar.
- Konferensiyaga qatnashish nafaqat yangi bilim olish balkim yangi tanishlar ortirish ham. Yangi tanishlar sizga ish, yordam va maslahat bera oladi. Balkim startup qilayotgan bo’lsangiz, sherik topasiz. Kelib hamma bilan qo’shilib, gaplashib keting.
Spikerlarga:- Iltimos, auditoriya bilan ishlang. 5 minutdan keyin uhlab qolishadi. Youtube to’la dars bu masalada. O’zizga savol bering, nimaga meni tinglashga keldi, foydali va o’zingizni tajribangiz haqida gapiring.
- O’zbek tilida chiqish qilsangiz, rus va ingliz tilini boricha kamroq ishlating. Bilaman iljoji yoq so’zlar bor lekin aralash bo’lganda juda yoqimsiz eshitiladi.
- Nutqda ‘aaa’, ‘emmm’ ishlatmang. Chiqishdan oldin sinov sifatida o’zingizni videoga tushuring, o’zingizga baho bering.
Tashkilotchilarga:- O’zbekmiz, o’z vaqtida ovqat yeyishni yahshi ko’ramiz. Och qoringa kallaga hech nima kirmaydi. Shuni inobatga olinglar.
- Fotograf tashkil qilish kerak. Ma'ruzachi shuncha gapiradi lekin hech qayerga chiroyli rasmlar yuklay olmasa, u nima qiladi kelib? Biron foyda tarafi ham bo'lishi kerak ma'ruzachiga.
- Konferensiya tugagandan keyin ma'ruzachilarga, shuncha vaqt va kuch sarflading deb individual rahmat deb qo’yish kerak.
👉 Dizayn konferensiya bo'yicha to'liq ma'lumot
https://t.me/gdgtashkent_design/58Konferesniya qatnashuvchilari bilan ulashing. Rahmat.
P.S. Afsus konferensiyaga qatnasha olmayman. Boshqa viloyatda ishlarim bor.
@farkhod_com