TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #248 258

Forwarded from Farkhod - AI PM

Konferensiyada o’zimizni qanaqa tutishimiz kerak

Shu haftaning 19-mart kuni, soat 11:00da IMPACT.T kovorking markazida, ajoyib dizayn konferensiya bo’lib o'tadi. Qatnashishni maslahat qilaman. 

Endi, tinglovchilar, ma’ruzachilar va tashkilotchilarga maslahatlarim bor. 

Tinglovchilarga:

- Kechikmay keling, sal shu odatni yo’qotaylik. 
- Konferensiyadan keyin ma’ruzachidan rahmatingizni ayamang. Bir o’giz rahmat desangiz, ko’ngli ko’tarilib qoladi. 
- Ma’ruzachiga to’g’ri savol bering. Misol uchun, menga dizayn chizishga yordalashing demang, uni o’rniga dizaynimni tipografikasidan qoniqmayapman, maslahat bera olasizmi yoki foydalanuvchilarni intervyu qilishni yo’lga qo’ya olmayapman, nima qilsam bo’ladi. To’g’ri savol berish bu sizni qanaqa inson ekanligingizni ko’rsatadi. Menga to’g’ri savol bergan shogirdlar bilan hali ham aloqadaman. 
- Uyalmang, ma'ruzachi bilan shunchaki kelib 2 o’giz gap ochsangiz bo’ladi. Tanishib qo’ying. O’zingizni borligingizni ko’rsatasiz, kelajakda sizni eslab balkim ish bilan ta’minlar. 
- Konferensiyaga qatnashish nafaqat yangi bilim olish balkim yangi tanishlar ortirish ham. Yangi tanishlar sizga ish, yordam va maslahat bera oladi. Balkim startup qilayotgan bo’lsangiz, sherik topasiz. Kelib hamma bilan qo’shilib, gaplashib keting.

Spikerlarga:

- Iltimos, auditoriya bilan ishlang. 5 minutdan keyin uhlab qolishadi. Youtube to’la dars bu masalada. O’zizga savol bering, nimaga meni tinglashga keldi, foydali va o’zingizni tajribangiz haqida gapiring. 
- O’zbek tilida chiqish qilsangiz, rus va ingliz tilini boricha kamroq ishlating. Bilaman iljoji yoq so’zlar bor lekin aralash bo’lganda juda yoqimsiz eshitiladi.
- Nutqda ‘aaa’, ‘emmm’ ishlatmang. Chiqishdan oldin sinov sifatida o’zingizni videoga tushuring, o’zingizga baho bering.


Tashkilotchilarga:

- O’zbekmiz, o’z vaqtida ovqat yeyishni yahshi ko’ramiz. Och qoringa kallaga hech nima kirmaydi. Shuni inobatga olinglar. 
- Fotograf tashkil qilish kerak. Ma'ruzachi shuncha gapiradi lekin hech qayerga chiroyli rasmlar yuklay olmasa, u nima qiladi kelib? Biron foyda tarafi ham bo'lishi kerak ma'ruzachiga.
- Konferensiya tugagandan keyin ma'ruzachilarga, shuncha vaqt va kuch sarflading deb individual rahmat deb qo’yish kerak.

👉 Dizayn konferensiya bo'yicha to'liq ma'lumot https://t.me/gdgtashkent_design/58

Konferesniya qatnashuvchilari bilan ulashing. Rahmat.

P.S. Afsus konferensiyaga qatnasha olmayman. Boshqa viloyatda ishlarim bor. 

@farkhod_com
  • 👍 4
More from @dralgorithm
  1. Oct 8, 2026SI davri - qiziq Ajoyib zamonda yashavommiz. Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmo…
  2. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  3. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  4. Sep 7, 2026photo post
  5. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  6. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →