Oʻzbek tili rivojiga osh markazi ham hissa qoʻsha oladi
Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Ustoz – 2020” tanlovi gʻolibi, Toshkent shahridagi prezident maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Zulfiya Rashidova “Hammabop oʻzbek tili” mualliflik loyihasini yoʻlga qoʻygani haqida oldinroq yozgan edim.
Bugun YouTube kanaldagi bir videoni koʻrib, hayron qoldim: loyiha moliyaviy muammolar sababli biroz toʻxtab qolibdi. Lekin homiy topilib, davom etibdi. Oʻzbek tiliga oid loyihaga kim homiylik qilgan deb oʻylaysiz? U grant ajratadigan biror xalqaro tashkilot, nodavlat uyushma yoki til rivojiga masʼul davlat tashkiloti emas. Koʻpchiligimiz yaxshi biladigan “Beshqozon” osh markazi loyihani qoʻllab-quvvatlabdi. “Hammabop oʻzbek tili”dan ular biror moddiy manfaat olmas, kanal ularni reklama ham qilmas ekan. Eshitib qoyil qoldim, xursand boʻldim.
Kanalni kuzatib boring, foyda berishi aniq:
👉 YouTube: @Hammabopozbektili
👉 Telegram: @suvaydo
@oriftolib
Post #698
1.52K