TGViewer
Isroil Tillaboyev blogi Isroil Tillaboyev blogi @domlajon · 19.1K subscribers
Post #14455 2.84K
"Centrum Air" kompaniyasi uchun ikkiyuzlamachilik qilish naqadar yarashadi?

Kuni kecha bort kuzatuvchisidan ko‘p emas, shunchaki atiga o‘zbek tilida so‘zlashni so‘ragani uchun MIJOZ deb atalmish kompaniyalarning buyuk bir kishisini samolyotidan haydab yuborgan, shundan keyin o‘z kanalida u odamga nisbatan do‘q-po‘pisalar bilan ichki ishlarga berish bilan tahdidodana postlar yozgan, otdan tushsa ham egardan tushmagan butun boshli kompaniya, o‘zbek tilini hurmat qilmagan kompaniyaga nisbatan barcha tarmoqlarda boykot eʼlon qilinishlarni ko‘rib, gap ohangini o‘zgartiribdi.

"Centrum Air" aviakompaniyasining birinchi o‘rinbosari, deb keltirilgan Maʼmur Mamadaliyev degan masʼul o‘z sahifasi orqali bort kuzatuvchisi nohaqligini, yo‘lovchiga kompensatsiya to‘lab berishni maʼlum qilib izoh yozibdi.
Lekin, haliyam o‘zini samolyotida osmonda uchib yuribdi, deb bilgan kompaniya o‘z kanalida bu haqda rasmiy izoh yozmagan, uzr so‘ramagan, bu mijozga kompensatsiya to‘lashini, bort kuzatuvchisi xato qilganini yozib chiqmagan.

Nafaqat o‘zbek tiliga, balki butun O‘zbekiston mijozlariga panja ortidan qaraydigan har qanday kompaniyani mijoz hisoblanmish biz xalq mana shunday yerga tushirib, o‘zbek tiliga hurmatni o‘rgatib qo‘yishimiz, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Bu keys boshqa kompaniyalarga ham achchiq va uzoq esda qoladigan dars bo‘lsin. O‘sha vatandoshimiz endiyam ortga chekinmasligini, maʼnaviy zararni otni kallasidek undirishini tilaymiz.

@domlajon
t.me/domlajon
  • 👍 58
  • 👏 20
  • 💯 7
  • 🔥 6
  • ❤ 4
  • 😁 3
More from @domlajon
  1. Oct 7, 2026Vazir jamg‘armasi ustamalari nega haligacha tushirib berilmayapti? Ushbu turdagi savol jud…
  2. Oct 7, 2026Biznesda xodimlarga qancha ko'p vazifa bersangiz, shuncha ko'p xato va charchoq yuzaga kel…
  3. Oct 7, 2026Ғузорда мактаб директори пора олаётганда ушланди Қашқадарё вилоятида ишга киритиб қўйиши э…
  4. Oct 6, 2026Sho‘rlik qizlar bizdagi taqdirlashlarni ko‘rib, tug‘ilsayding shunday go‘zal O‘zbekistonda…
  5. Oct 6, 2026📣 BOSHLANG‘ICH TA’LIM USTOZLARI UCHUN YUTUQLI ONLAYN OLIMPIADA! Bilimingizni sinang, atte…
  6. Oct 6, 2026🌟 FIDOYI USTOZLAR #fidoyi_ustozlar O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi —Dilorom Mamasharipova B…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →