TGViewer
Isroil Tillaboyev blogi Isroil Tillaboyev blogi @domlajon · 18.9K subscribers
Post #14451 3.75K
🌟 FIDOYI USTOZLAR #fidoyi_ustozlar

O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi —Dilorom Mamasharipova


Ba’zi insonlar kasb tanlaydi. Ba’zilari esa bir umr kasbiga sodiq qoladi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 45-maktabning matematika fani o‘qituvchisi Mamasharipova Dilorom Muhammadiyevnaning ustozlik yo‘li 1981-yilda boshlangan.

Shundan beri qariyb 45 yil — maktab, o‘quvchi, dars, izlanish va shogirdlar...

Bu mehnat yillar davomida e’tirofsiz qolmadi.

🏅 “Shuhrat” medali
🏅 “Mehnat shuhrati” medali
🏅 “Ta’lim fidoyisi”
🏅 va boshqa davlat hamda soha mukofotlari...

Ammo uning mehnat yo‘lidagi eng katta e’tiroflardan biri 2018-yilda berildi.

🇺🇿 “O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi” — ta’lim sohasidagi eng yuksak davlat e’tiroflaridan biri.

Bu unvon ortida shunchaki yillar emas, minglab darslar, yuzlab shogirdlar va bir umrga cho‘zilgan fidoyilik turibdi.

Dilorom opa bilan telefon orwali uzoq suhbatlashdik. U kishini shogirflari bizga @fodoyibot orqali tavsiya qilgan edilar, shunday ustozni tanishtirganlari uchun rahmat.

Diloromxon ustoz tarbiyalagan o‘quvchilar yillar davomida tuman va viloyat olimpiadalarida matematika hamda informatika fanlaridan sovrinli o‘rinlarni egallagan.

Bugun esa uning shogirdlari orasida turli sohalarda katta natijalarga erishgan insonlar bor: oliy toifali o‘qituvchilar, xalqaro sertifikat sohiblari, fan doktorlari, bank-moliya va boshqa sohalarda xizmat qilayotgan mutaxassislar.

Eng ta’sirlisi esa — ustozlik faoliyati pensiya bilan tugamagan.

Bugun ham Dilorom opa o‘quvchilarga turli musobaqalarda qatnashishida yordam berib kelmoqda.

Chunki haqiqiy ustoz uchun dars jadvali tugashi mumkin, ammo shogird uchun mas’uliyat tugamaydi.

❤️ 45 yil davomida ustozlik qildi. Mukofotlar oldi. “Xalq o‘qituvchisi” degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Ammo eng katta mukofoti — bugun ham uning bergan bilimidan foydalanib, jamiyatga xizmat qilayotgan shogirdlari.

Bu — Mamasharipova Dilorom Muhammadiyevna. Haqiqiy Fidoyi ustoz❤️ Ustozga sog‘lik, xotirjamlik tilab qolamiz!

Do‘stlar, Kontent markazining FIDOYI USTOZLAR loyihasi yangidan-yangi ustozlarni sizlarga taqdim etishda davom etadi.

Biz shu oktabr oyi davomida Toshkent shahridagi ustozlar bilan bevosita maktablariga borib intervyular tashkillayapmiz, sizning maktabingizda ham shunday fidoyi ustoz bo‘lsa, bizga yuboring, tanishib chiqib, o‘zimiz borgan holda birga suhbat qilamiz

👇 Sizning hayotingizda ham shunday ustoz bormi?
Uni @fidoyibot orqali tavsiya qiling.

@domlajon
t.me/domlajon
  • ❤ 16
  • 🔥 5
  • 😍 3
  • 👏 1
  • 🤮 1
More from @domlajon
  1. Oct 6, 2026Sho‘rlik qizlar bizdagi taqdirlashlarni ko‘rib, tug‘ilsayding shunday go‘zal O‘zbekistonda…
  2. Oct 6, 2026📣 BOSHLANG‘ICH TA’LIM USTOZLARI UCHUN YUTUQLI ONLAYN OLIMPIADA! Bilimingizni sinang, atte…
  3. Oct 6, 2026O‘zbekistonda o‘zbek tilini hurmat qilmaydigan har qanday tashkilot, kompaniya sharmandali…
  4. Oct 6, 2026Bloger o‘zbek tilida gapirishni so‘ragani uchun Centrum Air aviakompaniyasi samolyotidan c…
  5. Oct 6, 2026Ta’lim tizimiga qanday vazir kerak? Siyosatshunos Hamid Sodiq "Tanaffus" podkastining 11-s…
  6. Oct 6, 2026Bibisara Asaubayevaning onasi: "Men O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qildim" Samarqan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →