TGViewer
Centrum Air Press Centrum Air Press @centrumair_speaking · 4.1K subscribers
Post #548 1.95K
🇺🇿 Centrum Air’ning rasmiy izohi

5-oktabr kuni C6468 Samara – Toshkent reysi yo‘lovchisi tomonidan e’lon qilingan post yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Centrum Air — ko‘p millatli O‘zbekistonda tashkil etilgan va rivojlanib borayotgan aviakompaniya. Barcha bort kuzatuvchilarimiz o‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi hamda yo‘lovchilar bilan ular uchun qulay tilda muloqot qila oladi.

Mazkur holatda C6468 Samara – Toshkent reysi yo‘lovchisi bort kuzatuvchisiga nisbatan tajovuzkor munosabatda bo‘lgan: qo‘pol tarzda talablar qo‘ygan, xodimani haqorat qilgan va yoʻlovchilarning bortga chiqishi vaqtida uning ishiga xalaqit bergan. Bunday xatti-harakat bortdagi xavfsizlik va tartibga tahdid tug‘dirishi mumkin edi, shu sababli havo kemasi komandiri yo‘lovchini parvozga qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu qarorni to‘liq asosli deb hisoblaymiz.

Hodisaning barcha tafsilotlari hujjatlashtirilgan. Aviakompaniya mazkur fuqaroning xatti-harakatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
@centrumair_speaking

🇷🇺 Официальный комментарий Centrum Air

В связи с публикацией пассажира рейса C6468 Самара – Ташкент от 5 октября сообщаем следующее.

Centrum Air — авиакомпания, созданная и развивающаяся в многонациональном Узбекистане. Все наши бортпроводники владеют узбекским, русским и английским языками и общаются с пассажирами на удобном для них языке.

В данном случае пассажир рейса C6468 Самара – Ташкент повёл себя агрессивно по отношению к бортпроводнице: в грубой форме выдвигал требования, оскорблял сотрудницу и препятствовал её работе во время посадки пассажиров на борт. Такое поведение могло создать угрозу безопасности и порядку на борту, поэтому командир воздушного судна принял решение не допускать пассажира к полёту. Считаем это решение полностью обоснованным.

Все обстоятельства инцидента задокументированы. Авиакомпания рассматривает возможность обращения в правоохранительные органы по факту действий данного гражданина.
@centrumair_speaking
  • ❤ 40
  • 👏 30
  • 🔥 19
  • 👌 6
More from @centrumair_speaking
  1. Oct 6, 2026🇺🇿 Reyslar jadvali yangilandi Hurmatli yo‘lovchilar, operatsion zarurat tufayli parvozla…
  2. Oct 6, 2026🇺🇿 Reyslar jadvali yangilandi Hurmatli yo‘lovchilar, operatsion zarurat tufayli parvozla…
  3. Oct 5, 2026🇺🇿 C6316 Istanbul – Fargʻona reysi bagajlari yoʻlda Bugun, 5-oktabr kuni C6316 reysi orq…
  4. Oct 4, 2026🇺🇿 Aviakompaniyaning rasmiy murojaati C6 316 Istanbul – Farg‘ona reysida havo kemasiga y…
  5. Oct 3, 2026🇺🇿 Reyslar jadvali yangilandi Hurmatli yo‘lovchilar, operatsion zarurat tufayli parvozla…
  6. Oct 1, 2026🇺🇿 Reyslar jadvali yangilandi Hurmatli yo‘lovchilar, operatsion zarurat tufayli parvozla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →