Kanalda python, django va backendga aloqador mavzularda postlar bo’ladi.
Author: Software Engineer
Aloqa uchun: @mukhammad_irmatov
Youtube sahifa:
https://www.youtube.com/channel/UCo-bKPTGuDtjJf9JzjvtgNw/featured
Post #273
391

Bizdagi aksariyat kompaniyalar oqsaydigan va eng og’riqli nuqtalaridan biri aynan Support xizmati hisoblanadi. 2 oydan beri nikoh ilovasida support muammolarini 90% holatda AI agent o’zi hal qilyapti. Qanday qilganimizni texnik jihatdan tushintiraman.
Agent Azure OpenAI asosida ishlaydi, zaxiraga Anthropic Claude ham ulab qo’yilgan va function-calling orqali maxsus Python tool’larni chaqiradi. Ular Django ORM yordamida PostgreSQL’dan akkaunt, obuna va to‘lov holati kabi profil ma’lumotlarini topib keladi. Agent shu ma’lumotlarga qarab javob qaytaradi.
Eng asosiy qoida shuki - tool’lar read-only: agent bazaga to’g’ridan to’g’ri INSERT, UPDATE yoki DELETE kabi amallarni bajarolmaydi, permission yo’q. Bu yerda least privilege prinsipiga amal qilganmiz.
Profilni o‘zgartirish esa alohida jarayon. Masalan, ismni tuzatish yoki PIN qulfini olib tashlash kerak bo‘lsa, agent oldindan ruxsat berilgan amallardan birini structured action sifatida qaytaradi. Server vazifani, parametrlarni va akkaunt egasi tasdiqlanganini tekshiradi. Qaysi profil o‘zgarishi kerakligini ham serverning o‘zi aniqlaydi. Tekshiruvlardan o‘tgach, alohida executor o‘zgarishni saqlaydi.
Eng muhim joyi — support botga yozayotgan odam haqiqiy egasimi yoki yo’qmi shuni tekshirish kerak bo’ladi. Agentni boshlaganda kiritiladigan anketa raqami hammaga ko‘rinadi, uni bilish akkaunt sizniki degani emas. Shu sabab tasdiqlash kodini ilova ichidagi bildirishnomaga yuboramiz. Tasdiqdan keyin ruxsat etilgan oddiy amallar operatorsiz bajariladi. Akkauntlarni birlashtirish, tiklash va moliyaviy operatsiyalar esa human-in-the-loop orqali operatorga o‘tadi.
Shu AI agent sababli, supportga javobgar xodimlarimizni yuklamasi keskin kamaydi va xodimlarni qisqartirishga majbur bo’ldik. Agentni o’zi 24/7 ishlaydi, muammolarni hal qiladi, 8 hafta ichida agentimiz 15000 mingdan ortiq xabarlarga javob yozibdi

- 👍 14
- 🔥 3
- ❤ 1
- 👏 1