#rostishu #bilishSHART
Omma uchun «dam olish» kuni degan tushuncha industrial revolyutsiadan keyin «o’ylab topilgan» tushuncha.
Muso (a.s) dan tashqari Payg’ambarlarni hammasi «no-weekend» rejimida bo’lishgan. Buxoriy, Xorazmiy kabi intellektuallarni hammasi dam olish kunisiz mehnat qilgan.
Zamonaviy dunyoda ham top-performerlarni hammasi - sportchilar, biznesmenlar, kreativlar, dasturchilar, ta’lim odamlari - bitta rejimda ishlaydi: NO WEEKEND! Benjamin Franklinni planneri ham kundalik planner edi. Haftalik emas.
O’zimizdagi top performerlar dam olish kuni ham band bo’ladi. Atrofingizga qarang. Kecha va bugun toshkendagi coworkingdaman, top-performerlar ishlab o’tiribdi.
Elon Musk (yaxshimi yomonmi, top performer), Ravikant, Cal Newport, Sinek, Dalio, Andreessen, Dorsey, Tim Ferris, Gates, Buffer, Munger ehhe… hammasi kunning ma’lum qismini dam olish uchun ajratgan xolos (aksari uyqi yoki kitob bilan). Birortasida alohida DAM OLISH KUNI yo’q.
Unda ular qanday qachon dam oladi? Ishlaysiz, ishlaysiz, ishlaysiz loyihangiz ustida keyin charchaysiz. Dam olasiz. Yana ishlaysiz. Shu, bo’ldi. Tugadi. “Oq edi, ko’k edi” degan narsalar yo’q. (balki bu haqida video qilarman)
«Bugun dam» degan tushuncha rejimli odamlar uchun o’ziga hos «qochish» tizimi bo’lib ishlaydi. Miya dam olish kunini tushunmaydi. Miya uchun haftada bir 1-2 kunni tanlab dam olish degan narsa faqat halaqit beradi. Qaytib qurilgan diqqatni qayta tiklash uchun yana shuncha vaqt ketadi.
- Xurshid Maroziqov
Disclaimer:
- Man dam olish kuni yo’q bo’lsin demayapman.
- Tepadagi gaplar o’zini ustida ishlamoqchi bo’lganlar uchun
👉@birfoizbilim — manfaatli kontentni tarqatish kerak.
Post #278
22.5K
