TGViewer
1% Bilim 1% Bilim @birfoizbilim · 14.2K subscribers
Post #683 4.28K
AI zamonida did yo'qolgan kuni sizni distrubutsiya ham himoya qila olmaydi.

Ancha yillardan beri kompaniya egalari, tech founderlar «zo'r distributsiyaga ega o'rtacha mahsulot zaif distributsiyali zo'r mahsulotni yutadi» degan gaplni aytib kelishyapti.

Reach, (qamrov) distributsiya kamyob edi, qiyin edi, tarqatish kanalga egalik qilgan odam bozorga egalik qilardi.

AI bu qoidaning taklif tomonini o'zgartirdi. O’zgartirishda davom etyapti.

Video, app, sayt yoki reklama kampaniyasini chiqarish endi sanoqli daqiqalarni oladi.

Lentalar (feed) tezda to'lib ketyapti… va bir xil narsalar bilan to'lib ketyapti… Instagramni oching, bir xil yaltiroq yuzlar, bir xil ritmdagi ovozlar, bir xil marmar ustida muallaq turgan bir xil tovarlar va hokazo…

Yaqinda Trabzonda kafe menyularini ko’rib qusvorgim kelganini aytgandim… hammasida bir hil rasm…

Auditoriya bularga tez «moslashad». yaxshi filtr qilishni o’rganadi…

Google qidiruvlarida odamlar banner reklamalarni tanishni o'rganganidek, sun'iy axlatni (slop) ham bir qarashda ilg'ashni o'rganib olishdi va uni dastlabki bir necha soniyadayoq o'tkazib yuborishadi. Masalan man AI-generated degan narsani avtomat o’tkazib yuboraman.

Bu tepada aytgan eski «zo'r distributsiyaga ega o'rtacha mahsulot zaif distributsiyali zo'r mahsulotni yutadi» degan qoidani sindiradi.

Bugungi platformalarda qamrovni har bir post bilan qaytadan qozonasiz. Har bir o'tkazib yuborish (skip) - bu (algoritmlar uchun) ovoz berdiz degani, ya’ni yoqdi, yoqmadi degandek.

Algoritm ovozlarni sanaydi va keyingi postingizni qancha odam ko'rishini hal qiladi.

Didsiz kontent chiqaradigan bir million obunachili kanal har hafta kamroq odamga yetib boradi.

Uning distributsiyasi o'z-o'zidan qisqaradi. Bu sekin sodir bo’ladi. Slop-kanallarni ko’ringlar.

Zarar nomga ham yopishib qoladi.

Odamlar bir akkauntni «slop» deb belgilab oldimi, kontentga qaramasdanoq uni o'tkazib yuborishadi.

Katta auditoriya (distributsiya) bu tamg'ani tezroq yoyadi.

Ish sifatsiz bo'lsa, reach ishonchni ommaviy miqyosda yo'qotish vositasiga aylanadi.

Haftasiga AI yaratgan o'ttizta (slop, did qo’shilmagan) video joylaydigan onlayn kanalni oling.

U o'sha AI instrumentdan foydalanayotgan har bir raqobatchi kabi bir xil studiya yorug'ligi, bir xil pastel fon va bir xil rakursdan foydalanadi.

Kanalning obunachilari, reklama byudjeti va distributsiya kanali bor.

Uning postlari baribir ko'zdan g'oyib bo'ladi, chunki ulardagi hech narsa odamni to'xtashga majbur qilmaydi.

Bunaqa dunyoda faqat bitta o'yinchi o'z moat'ini saqlab qoladi, yani platforma.

Kontent kopaygan sari e'tiborni yanada kamyob qiladi, e'tiborga esa platforma egalik qiladi.

Slop-fermalar platforma to'lovlari hisobiga yashaydi, shuning uchun ularning distributsiyasi ijaraga olingan.

Sekin sekin sinib boradi.

2025 yilda YouTube ommaviy ishlab chiqarilgan, bir xil takrorlanuvchi kontentga qarshi monetizatsiya qoidalarini kuchaytirdi va bitta qoida yangilanishi butun bir toifadagi kanallarni xavf ostida qoldirdi.

Unda hozir ishlab chiqaruvchi uchun distributsiya nimani anglatadi?

Bu ishonchni anglatadi… ismingizni ko'rganda lentani aylantirishdan to'xtaydigan odamlar sonini.

Ishonch - bu qisman to'plangan did (taste) bo’lib qolsa kerak.

Har bir to'g'ri qaror unga qo'shiladi, har bir dangasa post uni kamaytiradi.

AI davrida didli bo’lish bu rosa kop qilinadigan bir nachta ishlarni ketmaketligi.

Instrument (ai) yuzta variant yaratadi, did esa bittasini tanlab, to'qson to'qqiztasini o'chiradi.

G'oyani, montajni, kadrni, UI, va hokazolar va albatta matnni did hal qiladi.

Shu tarzda shakllantirilgan ish, qaysi instrumentda yaratilganidan qat'i nazar, odamlar e'tiborini tortadi.

Xulosa

Ilgari distributsiya mahsulotni kuchaytirardi.

Endi u qaror qabul qilish sifatini (judgment) kuchaytiradi.

Did bilan birlashgan reach ishonchga aylanib ko'payadi.

Slop bilan birlashgan reach nolgacha qulaydi.

Distributsiya faqat ishda did saqlanib turgan muddatgacha himoya to'sig'i bo'lib qoladi.

Xurshid Maroziqov

@birfoizbilim
More from @birfoizbilim
  1. Sep 21, 20261968-yil. Dunyo bo'yicha maktab yoshidagi bolalar soni 303 million nafar edi. Shulardan bo…
  2. Sep 10, 2026Kecha Alians Biznes egalari klubida Biznesda qayerda AI ni ishlatmaslik kerak degan mavzud…
  3. Sep 8, 2026@birfoizbilim
  4. Sep 7, 2026O’zim Assodiq kursida o’qiganman O’zbekistonda. Endi bu kursga ham yozildim.
  5. Sep 7, 2026Fargʻona ahli, aslo bu 2 kunni oʻtkazib yubormang! Ustoz Najot Nurning 2 kunlik intensiv t…
  6. Sep 7, 2026yetarli darajadagi past ishonch sizni realistik bo'lishga undaydi... undan kamrog'i haraka…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →