TGViewer
Mukhammad Irmatov | Mahsulot qurish Mukhammad Irmatov | Mahsulot qurish @djangodarslari · 1.23K subscribers
Post #261 4.94K
Mukhammad Irmatov | Mahsulot qurish https://t.me/birfoizbilim/278
Har qanday motivatsiyaga boy, auditoriyaga moslab aytilgan gaplarga ishonib, amal qilavermaslik kerak. “Dam olishsiz ishlash kerak, shunda top performer bo’ladi” deyish g’irt absurd tushuncha, ancha muncha zo’r dasturchilarni dam olishsiz(no weekend) ishlab burnout bo’lib qolganini ko’rganman, burnout bo’lgach 1-2 oy umuman kompyuterga yaqinlashmaganlari ham talaygina. Elon muskni o’zi “haftasiga 80-100 soat ishladim, keyin burnout bo’lib qoldim, boshqa bunday qilmayman” deb tan olgani, “Deep work” kitobi muallifi Cal Newport ham dam olishni majburiy qilish kerak deb maslahat bergani bunday motivatsion postlarda aytilmaydi.

Miya dam olishni tushunmaydi deyish ham xato gap, miya aslida dam olayotgan (default mode) vaqtda masalan sayr qilayotganda, yolg’iz hayol surib o’tirganda yoki shunchaki hech nima qilmayotganda faollashadi va eng yaxshi fikrlar(g’oyalar) dam olayotgan vaqtda keladi. Dam olishni dangasalik deyish yoki “qochish” tizimi deyish bu juda yomon tendensiya aslida. Maslow ierarxiyasida ham dam olish, uyqu va tana tiklanishi inson uchun 1-darajadagi eng muhim fiziologik ehtiyojlar sirasiga kiritilgan va uni inkor qilish aqldan ozish bilan teng desayam bo’ladi.

Oxirgi paytlarda “Sleep is for losers” kabi motivatsion trendlar targ’ib qilinmoqda. Sen uxlayotganingda raqobatchilaring ishlayapti degan motivatsion gaplar qisqa vaqtli eyforiya berishi mumkin xuddiki qog’ozli gazetani yoqqanda baland bo’lib yongani kabi lekin uzoq muddat uyqusiz, dam olishsiz ishlash/o’qish yuqorida aytganimdek burnout, stress, ruhiy bosim beradi. Buni unutmang!

No weekend = Succesl ❌
Discipline + Focus + Rest = Success ✅
  • 👍 34
  • ❤ 3
  • 👏 3
  • 🔥 2
More from @djangodarslari
  1. Oct 11, 2026Tag’in bu kodni ovolib sizlaram zararli virus yasashda foydalanmanglar 😅️️️️
  2. Oct 11, 2026Yozilgan kod va server to’g’ri sozlanganligi har doim ham hack bo’lmaslikni kafolatlamaydi…
  3. Oct 5, 2026Bizdagi aksariyat kompaniyalar oqsaydigan va eng og’riqli nuqtalaridan biri aynan Support…
  4. Oct 5, 2026Yaqinda instagramda mashxur dotnetchilarni podkastida aytyaptiki, hamma AI ni hype qilyapt…
  5. Sep 22, 20265-6 yil oldin o’zbek tilida django bo’yicha darslar yo’qligi uchun, videokurs yozib, shu k…
  6. Jun 28, 2026Oldinlari startup qilish uchun ancha ter to‘kish kerak edi: haqiqiy muammoni topish, bozor…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →