TGViewer
Mukhammad Irmatov | Mahsulot qurish Mukhammad Irmatov | Mahsulot qurish @djangodarslari · 1.23K subscribers
Post #271 948
5-6 yil oldin o’zbek tilida django bo’yicha darslar yo’qligi uchun, videokurs yozib, shu kanalga qo’yib borish maqsadida bu kanalni boshlagandim. Xuddi shu nomdagi youtube kanalda ham 1700 obunachi borligi, va darslar 5-6 ming, ba’zilari esa 15 ming ko’rilgani xursand qiladi. Shu videodarslar 1 ta odamga foydasi tegib, dasturchi bo’lishida hissa qo’shgan bo’lsayam men uchun missiya bajarilgan hisoblanadi.

Bilasiz, oxirgi vaqtlarda AI sababli kommunitylar ancha huvillab qoldi, deyarli texnik postlar ham yozilmayapti. AI dan istalgan savolizga javob olish osonlashdi. Lekin loyiha qurish davomida shunday holatlar bo’ladiki, javobini ishlatib ko’rib, xatolar qilib keyin tushunasiz.

Shuning uchun bu kanalni biroz boshqacha yo‘nalishda davom ettirmoqchiman. Endi qilayotgan loyihalarimiz, loyiha qurishda uchrayotgan muammolar va ularni qanday hal qilayotganimiz haqida yozib boraman. Ba’zan yaxshi ishlagan yechim, ba’zan esa vaqt sarflab, oxirida voz kechgan g‘oyamiz haqida bo‘ladi. Foydalanuvchilardan kelgan fikrlar, biz kutmagan holatlar va ulardan chiqargan xulosalarimizni ham bo‘lishaman.

Kanal nomini ham shu yo‘nalishga moslab o‘zgartirdim. Eski darslar esa qoladi, kerak bo‘lgan odam topib foydalanaveradi.

Kanalning yangi nomi: Muhammad Irmatov | Mahsulot qurish.
  • 🔥 38
  • 👍 15
  • ❤ 3
  • 🎉 2
  • ⚡ 1
More from @djangodarslari
  1. Oct 5, 2026Bizdagi aksariyat kompaniyalar oqsaydigan va eng og’riqli nuqtalaridan biri aynan Support…
  2. Oct 5, 2026Yaqinda instagramda mashxur dotnetchilarni podkastida aytyaptiki, hamma AI ni hype qilyapt…
  3. Jun 28, 2026Oldinlari startup qilish uchun ancha ter to‘kish kerak edi: haqiqiy muammoni topish, bozor…
  4. Jun 25, 2026Futbolcha mantiq IT’da bo‘lganda: loyiha ishlashi shart emas, muhimi eng zo‘r texnologiyal…
  5. Oct 13, 2025Mana buni yangilik desa bo’ladi Vanihoyat python 3.14 versiyasida GIL ni olib tashladi. En…
  6. Aug 6, 2025Mohirdev marketing komandasiga yosh va kreativ jamoa yig’ilgan. Oxirgi vaqtlar ancha sifat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →