TGViewer
Channel Public Channel
IT va texnologiyalar dunyosi

IT va texnologiyalar dunyosi

@digital_inform

IT olamidagi eng qaynoq yangiliklar, qiziqarli ma'lumot va trendlar faqat bizda 🔥

Aloqa botimiz: @digital_inform_contact_bot
Subscribers
300
Photos
2.5K
Videos
406
Links
478
Recent Posts 12 shown
Post #3516 60
Uztelecom O‘zbekistonda yangi avlod optik tarmog‘ini sinovdan o‘tkazmoqda

Uztelecom, Yaponiyaning Toyota Tsusho, NTT Docomo Business va NEC kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda All-Photonics Network (APN) texnologiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Loyiha doirasida Toshkent yaqinidagi ikkita data-markaz 800 Gbit/s tezlikdagi kanal orqali bog‘lanadi. Tarmoqdagi kechikish esa 1 millisekunddan kam bo‘lishi aytilmoqda.

APN — ma’lumotlarni elektr signallari o‘rniga asosan optik texnologiyalar orqali uzatishga asoslangan yangi avlod infratuzilmasi bo‘lib, u katta hajmdagi ma’lumotlarni tezroq va kamroq kechikish bilan almashish imkonini beradi.

Bunday infratuzilma AI xizmatlari, bulutli texnologiyalar va yirik data-markazlar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvi uchun muhim ahamiyatga ega.

@digital_inform
  • ⚡ 2
  • 👎 1
Post #3515 121
OpenAI yangi GPT-6 Astra modelini rasman taqdim etdi.

Kompaniya uni kompyuter bilan ishlash, dasturlash, tadqiqot, kiberxavfsizlik va professional vazifalar uchun eng kuchli modellaridan biri sifatida ta’riflamoqda.

Astra nimalarni qila oladi?
💻 Kompyuterda murakkab amallarni bajara oladi
🌐 Web-saytlar bilan ishlashi va brauzer orqali vazifalarni bajarishi mumkin
👨‍💻 Dasturlashda kuchli
🔬 Ilmiy va matematik masalalarni yechishda yaxshi natijalarni ko‘rsatgan
🛡 Kiberxavfsizlik bo‘yicha juda yuqori darajadagi imkoniyatlarga ega
📊 Hujjat, prezentatsiya va jadvallar yaratadi

Eng katta o‘zgarishlardan biri — Computer Use. Ya’ni AI faqat sizga nima qilish kerakligini aytib bermaydi, balki kompyuterda ko‘p bosqichli vazifalarni o‘zi bajarishi mumkin.

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, model kiberxavfsizlik bo‘yicha ham juda yuqori darajadagi imkoniyatlarni namoyish etgan.

@digital_inform
  • 🔥 1
Post #3514 173
🤖 Unitree roboti yugurish tezligi bo‘yicha inson rekordini ortda qoldirdi

Unitree kompaniyasi yaratgan gumanoid robot 12,66 m/s tezlikda yugura oldi. Bu taxminan 45,6 km/soat degani. 😳
Taqqoslash uchun, dunyoning eng tez yuguruvchisi Useyn Boltning eng yuqori qayd etilgan tezligi taxminan 12,42 m/s (44,7 km/soat) bo‘lgan

Demak, robot qisqa muddatli maksimal tezlik bo‘yicha Bolt ko‘rsatkichidan ham yuqoriroq natija qayd etgan 🏃‍♂️💨

Ammo videodan ko'rishingiz mumkin robotning hali bir muammosi bor: tez yugurishni o‘rganganu, lekin to‘xtash masalasida hali ancha ishlashi kerak 😂

Robototexnika kundan-kunga rivojlanmoqda. Bugun ular yugurishda rekord o‘rnatmoqda, ertaga esa yana nimalarga qodir bo'lishar ekana 🤔

@digital_inform
  • 🔥 1
Post #3513 129
Anthropic kompaniyasi Claude AI’ni o‘qitish uchun millionlab kitoblarni yo‘q qilgan 😳📚

Kompaniya ichida «Panama loyihasi» nomini olgan bu reja uchun ular dastlab millionlab kitoblarni sotib olishgan. Ular sahifalarga ajratilib, maxsus qurilmalar yordamida skanerlanib, raqamli nusxaga aylantirgan. Shundan keyin fizik kitoblar yo‘q qilingan.

Ya’ni jarayon shu tartibda bo'lgan:
📚 kitob olish → 📸 skanerlash → 💾 raqamli nusxa olish → 🗑 kitobni yo‘q qilish → 🤖 AI'ni o'qitish

Bu usul mualliflik huquqi masalasida katta bahslarga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, AI kompaniyalari mualliflardan alohida ruxsat olmasdan ularning kitoblaridan trening ma’lumotlari sifatida foydalanishi mumkinmi, degan savol hali ham muhim mavzu.

@digital_inform
Post #3509 117
Google Gemini 3.7 Flash’ni taqdim etdi — narxi yil oxirigacha 2 baravar arzon

Google va Google DeepMind yangi Gemini 3.7 Flash modelini taqdim etdi. Model dasturlash, AI agentlar va mantiqiy fikrlash vazifalarida kuchaytirilgan.

Eng e’tiborli jihati — 2026-yil 31-dekabrgacha foydalanish narxi 50% ga arzonlashtirilgan.
💰 1 million token uchun:
• Input — $0.75 (avval $1.50)
• Output — $3.75 (avval $7.50)

Model 1 million tokenli context window va multimodal imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Gemini 3.7 Flash dasturlash bo‘yicha testlarda yuqori natijalar ko‘rsatib, Code Arena WebDev reytingida 1-o‘rinni egallagan.

🚀 Modeldan hozirning o‘zida Gemini API, Google AI Studio va Antigravity orqali foydalanish mumkin.


@digital_inform
Post #3508 91

Forwarded from 23.5° бурчак остида

Instagram сўнгги 10 йил ичида биринчи марта логотипини ўзгартирди

Компания раҳбари Адам Моссерининг маълум қилишича, ижтимоий тармоқ 2016 йилдан бери илк бора интерфейснинг юқори қисмидаги логотипни ўзгартирди.

"Янги версия янада ихчам ва замонавий бўлиб, ҳар доим Instagram'инг ажралмас қисми бўлган соддалик ва тафсилотларга эътиборни акс эттиради", — деди у.

🔥 @burchakostida
Post #3506 77
⌚️ Apple Watch endi yumaloq bo‘lishi mumkin

Apple o‘zining aqlli soatlari uchun eng katta dizayn o‘zgarishlaridan birini ko‘rib chiqmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya kelajakdagi Apple Watch modellari uchun hatto yumaloq ekran variantini ham sinovdan o‘tkazmoqda.

Apple, shuningdek, umuman ekransiz fitness qurilmasi yaratish imkoniyatini ham o‘rganmoqda. Bunday qurilma ekran o‘rniga sog‘liq va jismoniy faollik ma’lumotlarini boshqa qurilmalar orqali ko‘rsatishi mumkin.

Hozircha bular faqat Apple ichida ko‘rib chiqilayotgan g‘oyalar — kompaniya hali hech qanday yangi dizaynni rasman tasdiqlamagan.

@digital_inform
Post #3505 76
🤯 ChatGPT bepul foydalanuvchilar uchun cheksiz bo‘lmoqda

OpenAI Free va Go foydalanuvchilari uchun ChatGPT’da cheksiz matnli suhbatlarni joriy qilmoqda.
Bepul foydalanuvchilar uchun GPT-5.6 Luna standart modelga aylanadi. Murakkab savollar uchun esa yangi Think tugmasi orqali chuqurroq fikrlash rejimidan foydalanish mumkin.

Ammo rasm yaratish, fayl yuklash va boshqa vositalarda limitlar saqlanib qoladi.

Yangilanish bosqichma-bosqich barcha foydalanuvchilarga tarqatilmoqda.

@digital_inform
Post #3504 71
🛰 O‘zbekistonning “Samarqand — 2028” sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi

5-avgust kuni O‘zbekistonning “Samarqand — 2028” giperspektral sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli orbitaga chiqarildi.
Sun’iy yo‘ldosh Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengizdagi start platformasidan uchirildi. U Lampung-1 sun’iy yo‘ldoshi bilan birga orbitaga olib chiqilgan.

🚀 Bu O‘zbekistonning kosmik texnologiyalar va Yer monitoringi sohasidagi muhim loyihalaridan biri hisoblanadi.

@digital_inform
Post #3502 69

Forwarded from 23.5° бурчак остида

SpaceX ва Теsla дунёдаги энг йирик чип ишлаб чиқариш мажмуаси — Теrafab мажмуасини қурмоқда

Бу ҳақда SpaceX компанияси матбуот хизмати хабар берди.

Маълумотларга кўра, мажмуа майдони тахминан 9,3 млн квадрат метрни ташкил этади, бу қарийб 1300 та футбол майдони дегани. Теrafab заводи Пентагондан 50 баробар катта бўлади.

🔥 @burchakostida
Post #3498 147
🎨 ChatGPT ichida endi Photoshop'dan foydalanish mumkin

Adobe o‘zining mashhur kreativ dasturlarini ChatGPT'ga integratsiya qildi. Endi ChatGPT orqali Photoshop, Illustrator, Premiere, Lightroom, Acrobat va InDesign kabi vositalardan foydalanish mumkin.

Masalan, foydalanuvchi ChatGPT ichida rasmni tahrirlash, dizayn yaratish yoki fayl ustida ishlash uchun Adobe vositalaridan foydalanishi mumkin.

Hammasi bo‘lib 75 ta Adobe vositasi ChatGPT bilan integratsiya qilindi.

Yangi imkoniyat butun dunyo foydalanuvchilari uchun taqdim etilmoqda.

@digital_inform
Post #3497 57

Forwarded from 23.5° бурчак остида

🇱🇮 Лихтенштейнда йирик киберҳужум оқибатда 31 минг кишининг шахсий маълумотлари ўғирланди

Номаълум шахслар компаниялар, жамғармалар ва трастлар вакилларига оид маълумотлар сақланадиган “Иқтисодий ваколатли шахслар реестри” (VwbP) тизимига бузиб кирган.

"Мавжуд маълумотларга кўра, тизимдаги маълумотлар ўзгартирилгани ёки ўчириб юборилганини кўрсатувчи ҳеч қандай аломат йўқ", дейилади Лихтенштейн ҳукумати баёнотида.

Маълум қилинишича, VwbP реестри жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш ва терроризмни молиялаштиришнинг олдини олиш мақсадида юритилади. Ҳозирда кибержиноятчиларнинг мақсади ва ҳужум сабаблари номаълум.

41 мингга яқин аҳоли яшайдиган Лихтенштейн аҳоли жон бошига тўғри келадиган ялпи ички маҳсулот ҳажми бўйича дунёнинг энг бой давлатларидан бири ҳисобланади. Мамлакат иқтисодиётида молиявий ва банк хизматлари энг даромадли соҳалардан саналади.

🔥 @burchakostida
Older posts →

About this channel

How can I read @digital_inform without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for IT va texnologiyalar dunyosi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does IT va texnologiyalar dunyosi have?
IT va texnologiyalar dunyosi (@digital_inform) has 300 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does IT va texnologiyalar dunyosi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →