TGViewer
IT va texnologiyalar dunyosi IT va texnologiyalar dunyosi @digital_inform · 299 subscribers
Post #3516 60
Uztelecom O‘zbekistonda yangi avlod optik tarmog‘ini sinovdan o‘tkazmoqda

Uztelecom, Yaponiyaning Toyota Tsusho, NTT Docomo Business va NEC kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda All-Photonics Network (APN) texnologiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Loyiha doirasida Toshkent yaqinidagi ikkita data-markaz 800 Gbit/s tezlikdagi kanal orqali bog‘lanadi. Tarmoqdagi kechikish esa 1 millisekunddan kam bo‘lishi aytilmoqda.

APN — ma’lumotlarni elektr signallari o‘rniga asosan optik texnologiyalar orqali uzatishga asoslangan yangi avlod infratuzilmasi bo‘lib, u katta hajmdagi ma’lumotlarni tezroq va kamroq kechikish bilan almashish imkonini beradi.

Bunday infratuzilma AI xizmatlari, bulutli texnologiyalar va yirik data-markazlar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvi uchun muhim ahamiyatga ega.

@digital_inform
  • ⚡ 2
  • 👎 1
More from @digital_inform
  1. Sep 4, 2026OpenAI yangi GPT-6 Astra modelini rasman taqdim etdi. Kompaniya uni kompyuter bilan ishlas…
  2. Aug 21, 2026🤖 Unitree roboti yugurish tezligi bo‘yicha inson rekordini ortda qoldirdi Unitree kompani…
  3. Aug 18, 2026Anthropic kompaniyasi Claude AI’ni o‘qitish uchun millionlab kitoblarni yo‘q qilgan 😳📚 K…
  4. Aug 14, 2026Google Gemini 3.7 Flash’ni taqdim etdi — narxi yil oxirigacha 2 baravar arzon Google va Go…
  5. Aug 14, 2026Instagram сўнгги 10 йил ичида биринчи марта логотипини ўзгартирди Компания раҳбари Адам Мо…
  6. Aug 12, 2026⌚️ Apple Watch endi yumaloq bo‘lishi mumkin Apple o‘zining aqlli soatlari uchun eng katta…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →