TGViewer
Doniyor Gʻaniyev Doniyor Gʻaniyev @d_ganiyev · 1.81K subscribers
Post #1308 4.65K

Forwarded from Xushnudbek.uz

Senat uchun juda uyatli holat: yolg‘on ortiga bekinib, qonunni maʼqullashmoqchimi?

11-yanvar kuni Senatning rasmiy saytida organ xodimlarini foto/videoga olib internetda tarqatishni taqiqlash haqidagi "15 sutka qamoq" qonunini yoqlash mazmunida xabar eʼlon qilingan edi. Ushbu xabarda bu kabi qonun Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyada mavjud ekanligi yozilgan.

BBС O‘zbek xizmati Senat tarqatgan bu maʼlumotlarni faktchek qilibdi va uchalasi ham yolg‘on yoki noaniq maʼlumot ekanligini aniqlabdi.

1️⃣ 🇬🇧Buyuk Britaniyada politsiyani bemalol tasvirga olish mumkin, bunga taqiq yo‘q. Hattoki bu London politsiyasining saytida yozib qo‘yilgan. Faqat bittagina holatda, yaʼni terrorizm xavfi mavjud bo‘lsagina, terrorchi deya shubha qilingan shaxsdan tasvirga olishni to‘xtatishni so‘rashlari mumkin. Lekin keyinchalik u odam terrorchi bo‘lib chiqmasa, unda shubha qilgan va tasvirga olishni to‘xtatgan politsiyachining o‘zi javobgarlikka tortiladi;

2️⃣ 🇫🇷Fransiya haqidagi maʼlumot ham mutlaqo noto‘g‘ri ekan. Aniqrog‘i Fransiyada politsiyani tasvirga olishni taqiqlovchi qonun qabul qilishgan, lekin o‘sha yilning o‘zidayoq Fransiya Konstitutsiyaviy sudi ushbu qonunni Konstitutsiyaga zid deya topib, uni bekor qilgan ekan. Tasavvur qilyapsizmi, bu qonun Konstitutsiyaga zid deb topilgan!!! Bizning Senat esa uyalmasdan buni misol qilib keltiribdi🤦‍♂️;

3️⃣ 🇩🇪Germaniya haqidagi maʼlumot ham noaniq ekan. Yaʼni haqiqatdan Germaniyada boshqa shaxslarning tasvirini Internetda tarqatish mumkin emas, ammo bu kasbidan, lavozimidan, kimligidan qatʼi nazar barcha aholi uchun taalluqli qonun. Aynan organ xodimlari uchun alohida hech qanaqa modda yo‘q. Lekin agar politsiya qonun buzayotgan bo‘lsa, unda bu holatni tasvirga olib, tarqtishga ruxsat berilgan ekan, chunki jamoat manfaati shaxsiy huquqlardan ustun qo‘yiladi.

🤷‍♂️ Ana shunaqa gaplar. Xulosa o‘zingizdan. Senatorlar ham xulosa qiladi, degan umiddamiz. Hurmatli senatorlarimizdan yolg‘on asosiga qurilgan qonunni maʼqullamasliklarini so‘rab qolamiz.


👉 @xushnudbek 👈
More from @d_ganiyev
  1. Aug 24, 2024Мана бу постда отамиз Ғаниев Аваз Мадаминовичнинг (Аллоҳ раҳматига сазовор қилсин) шифокор…
  2. Aug 11, 2024Ўзбекистон Жаҳон савдо ташкилотига қўшилса, кимлар ютади, монополияларнинг аҳволи нима бўл…
  3. Aug 6, 2024Ўзбошимча эгалланган ер участкалари ва улардаги биноларни легаллаштиришга рухсат берилди Ў…
  4. Aug 6, 2024Saylovchilar bildirgan ishonchni oqlash, ularning dardu tashvishlarini, muammo va hohishla…
  5. Jun 22, 2024🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇺🇿 “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ 2024 ЙИЛГИ 1-ОЧИҚ СТИПЕНДИЯ Т…
  6. Jun 15, 2024Менимча биз "қизил чизиқ"дан ўтмадик Подкастимизнинг ушбу сонида гази йўқ ҳудудлар аҳолиси…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →