TGViewer
Doniyor Gʻaniyev Doniyor Gʻaniyev @d_ganiyev · 1.81K subscribers
Post #1318 17.7K
Saylovchilar bildirgan ishonchni oqlash, ularning dardu tashvishlarini, muammo va hohishlarini Parlament minbariga olib chiqish, qabul qilingan qonunlarni adolatli va insonparvar bo'lishiga hissa qo'shish, murojaat qilgan fuqarolarga yordam bera olish imkoniyati men uchun deputatlikning eng katta sharafi bo'ldi. Bunday imkoniyat va baxt menga nasib qilganidan har doim faxrlanaman.

Albatta, deputatlik faoliyatimga eng munosib bahoni saylovchilar beradi. Balki, menga ovoz bergan saylovchilarning ishonchini har doim ham oqlay olmagandurman. Biroq, vijdonimga qarshi bormaslikka,
printsiplarimga sodiq qolishga qo'limdan kelgancha harakat qildim.
Insonlar og'irini yengil qilishga xizmat qiluvchi ijobiy normalarni qo'llab-quvvatlashdan, fuqarolar manfaati va huquqlariga zid deb bilgan qonunlarga esa qarshi
turishdan ikkilanmadim.

Lekin, inson atrofidagi o'zgarishlar, reallik bilan hisoblashishi hamda o'z
imkoniyat va qobiliyatlarini tog'ri baholay olishi kerak.
Garchi deputat sifatida samarali faoliyat olib bordim, deb o'ylasamda, bu faoliyatda davom etish o'zim uchun ham, saylovchilar uchun ham manfaatli bo'Imasligini
tushunib yetdim. Menimcha, hayotimda o'zgarishlar qilish, yangi chelenj va imkoniyatlarni qarshi olishning ayni vaqti.

Shu bois, deputatlik mandatimni tugatishga, yangi saylovlarda
nomzodimni ilgari surmaslikka qaror qildim.
Bundan keyingi faoliyatimni esa Vazirlar Mahkamasida investitsiya yo'nalishida (deputatlkdan avval ham shu yo'nalishda ishlagan edim) mas'ul xodim sifatida davom ettiradigan bo'ldim. O'zi xayrli qilsin.

Fursatdan foydalanib, menga o'z vakilligini ishongan Marg'ilon
okrugi saylovchilariga,
faoliyatimni e'tirof etib, qo'llab-quvvatlagan jamoatchilik faollari, OAV vakillari va ko'plab bloger do'stlarimizga
bildirilgan ishonch va qo'llov uchun minnatdorchilik bildiraman.

Shuningdek, Parlament yig'ilishlarida har doim o'z fikrimni aytishga imkoniyat yaratgan Qonunchilik palatasi Spikeriga, yalpi va fraksiya yig'ilishlarida qo'llab-quvvatlagan hamkasb deputatlarga hamda qonun loyihalarini takomillashtirishda kerak bo'lsa deputatlardan ham ko'proq mehnat qiladigan Palata devoni xodimlariga ham alohida rahmat aytaman.
More from @d_ganiyev
  1. Aug 24, 2024Мана бу постда отамиз Ғаниев Аваз Мадаминовичнинг (Аллоҳ раҳматига сазовор қилсин) шифокор…
  2. Aug 11, 2024Ўзбекистон Жаҳон савдо ташкилотига қўшилса, кимлар ютади, монополияларнинг аҳволи нима бўл…
  3. Aug 6, 2024Ўзбошимча эгалланган ер участкалари ва улардаги биноларни легаллаштиришга рухсат берилди Ў…
  4. Jun 22, 2024🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇺🇿 “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ 2024 ЙИЛГИ 1-ОЧИҚ СТИПЕНДИЯ Т…
  5. Jun 15, 2024Менимча биз "қизил чизиқ"дан ўтмадик Подкастимизнинг ушбу сонида гази йўқ ҳудудлар аҳолиси…
  6. Jun 7, 2024“Ҳақиқий бизнесмен рақобат тарафдори бўлади” — Дониёр Ғаниев ЖСТга аъзолик ҳақида “Агар кў…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →