TGViewer
Channel Public Channel
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi

CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi

@cyberbrosecurity

Elite offensive security consulting for corporates & governments.

CYBER-BRO - cyber security company official telegram channel!

Contact: cyberbro@exat.uz - info@cyber-bro.uz
Subscribers
2.69K
Photos
282
Videos
50
Links
168

Showing posts older than #121 · Back to latest

Older Posts 15 shown
Post #120 23.9K
⚡️⚡️⚡️Молия соҳасида кибержиноятчиликка қарши курашиш бўйича жиддий ислоҳотлар бошланди

Молия соҳасида кибержиноятчиликка қарши курашиш соҳасида бўйича Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 30 ноябрдаги ПҚ-381-сонли “Рақамли маҳсулотлар (хизматлар) истеъмолчилари ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва рақамли технологиялар воситасида содир этиладиган ҳуқуқбузарликларга қарши курашишни кучайтириш чоралари тўғрисида” қарори қабул қилинди.

✅ Тўлов тизим операторлари ва тўлов ташкилотлари фақат акциядорлик жамияти кўринишида фаолият юритиши зарур. Маълумот ўрнида, ҳозирги кунда мавжуд 49 та тўлов тизимларининг деярли барчаси, яъни 47 таси МЧЖ кўринишида фаолият юритмоқда.

✅ 2024 йил 1 июлдан бошлаб тўлов тизим операторлари учун устав капиталининг энг кам миқдори 50 миллиард сўм ва тўлов ташкилотлари учун эса 10 миллиард сўм (2025 йил 1 июлдан бошлаб 20 миллиард сўм) бўлиши белгиланмоқда.

✅ Марказий банк банк карталари ва ҳисоб варақалари бўйича шубҳали операциялар содир этилган тақдирда улардан фойдаланишни уч кунгача чеклаш бўйича банклар ва тўлов ташкилотларига кўрсатмалар юбориши мумкин бўлади. Энди уч ёки ундан ортиқ ўтказмалар автоматик равишда тизим томонидан назоратга олинади.

✅ Жисмоний шахсдан жисмоний шахсга катта миқдорда пул маблағларини ўтказишда қўшимча биометрик ва бошқи ҳимоя воситалари қўлланилади.

✅ Бир ой муддатда аҳолининг рақамли молиявий саводхонлигини ошириш чора-тадбирлари ишлаб чиқилади.

✅ Банклар, тўлов тизимлари ва ташкилотларида антифрод тизимни ишга туширилади. Энди мобил иловалар томонидан мобил қурилмалар ҳақида қўшимча маълумотларни тўплаши керак бўлади, жумладан: IMEI, IMSI, DeviceID.

✅ Фойдаланувчи мобил иловаларда рўйхатдан ўтгандан кейин фойдаланувчида биринчи соат ичида пул ўтказмаларини юбориш имконияти чекланган бўлиши керак бўлади.

✅ 2024/2025 ўқув йилидан бошлаб рақамли технологиялар соҳасидаги жиноятларни олдини олиш бўйича кадрлар тайёрлайдиган олий таълим муассасаларини аниқланади, давлат гранти асосида ўқитиш бўйича қабул квоталари белгиланади.

✅ Ҳуқуқни муҳофаза қилиш академияси, ИИВнинг Малакаси ошириш институти ҳамда ДХХнинг таълим муассасаларида соҳа ходимларини қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш бўйича доимий курслар ташкил этилади.

✅ Рақамли криминалистика илмий тадқиқот университети ташкил этилади. Рақамли криминалистика (криминалистика)ни соҳасини ривожлантириш ва терговчиларнинг рақамли далилларни олиш ҳуқуқларини кенгайтирилади.

Қарор 2023 йилнинг 1 декабридан кучга кирди

Бизнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз
cyber-bro.uz | Telegram |
  • ⚡ 7
  • 👍 7
  • 🔥 2
  • 🥰 2
  • 👏 2
  • 🎉 2
Post #118 2.63K
#dunyo_xabarlari #hujum #APT

🇮🇱 Isroilning Red Evils xakerlik guruhi Eronning Rightel mobil operatorining Internet infrastrukturasiga hujum qilganini eʼlon qildi. Ushbu hujum natijasida mobil operatorning ish faoliyatini 12 soat to‘xatib qo‘ygan.

Бизнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз
cyber-bro.uz | Telegram
  • 👍 2
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
Post #114 5.27K
‼️ Bir necha kun oldin kanalimizda kiberxavfsizlik sohasi bo‘yicha jamoalar shakllantirish maqsadida nomzodlar uchun eʼlon bergan edik. Shu kungacha bizga 100 dan ortiq nomzodlar ariza bilan murojaat qilishdi. Hozirgi kunda ariza yuborgan nomzodlarni saralash jarayoni boshlangan, lekin ariza yuborish jarayoni hali davom etmoqda. Demak, sizda kiberxavfsizlik sohasida professional mutaxassis bo‘lish uchun hali imkoniyat mavjud.

Yana bir bor eslatib o‘tamiz, bu o‘quv kursi emas, balki kiberxavfsizlik sohasida yetuk kadrlar jamoasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov jarayonidir. Saralangan nomzodlar, yaʼni kiberxavfsizlik sohasida junior, middle darajadagi nomzodlar qolgan taʼlimni "bizning maktabda o‘qishadi", malaka oshirishadi va real jarayonlarda ishtirok etishadi. Bu jarayonlar uchun siz bizga pul to‘lamaysiz, aksincha siz yetarli darajadagi bilim ko‘nikmalariga ega bo‘lganingizdan keyin biz sizga pul to‘lashni boshlaymiz.

Shunday ekan, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, o‘z qobiliyatingiz va bilim darajangizga ishonsangiz, o‘zingiz haqingizdagi batafsil maʼlumotlar yozilgan CV yoki rezyumengizning bizning mutaxassislarga telegram orqali (info@cyber-bro.uz) jo‘natishingizni so‘raymiz. Saralash bosqichi uchun arizalarni qabul qilish muddati 2023 yilning 30 noyabrigacha (shu kun ham) davom etadi.

P.S. Saralash jarayonidan o‘tgan nomzodlar bilan biz o‘zimiz bog‘lanamiz, shu sababli kontakt maʼlumotlaringizni to‘liq va to‘g‘ri ko‘rinishda berishingizni so‘raymiz.

P.S.1. Shuningdek, kiberxavfsizlik sohasida bilim-ko‘nikmaga ega bo‘lmagan, lekin, Cyber-Bro akademiyamizda o‘qish istagidagi insonlar uchun o‘quv kurslari haqidagi maʼlumotlarni tez kunda kanalimizda eʼlon qilamiz.


cyber-bro.uz | Telegram
  • 🔥 12
  • 👍 6
  • 👏 3
  • ❤ 2
  • 🤩 1
Post #112 3.53K
KUN.UZning maʼlum qilishicha ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (cbu.uz) va O‘zbekiston Milliy bankining (nbu.uz) rasmiy saytlari ishlamay qoldi.

cyber-bro.uz | Telegram |
  • 👏 19
  • ❤‍🔥 2
  • 👍 2
Post #111 5.87K
🔥 Diqqat. CTF Turnir. Cyber-Bro kompaniyasi sizni o‘zining dastlabki CTF turniriga taklif etadi. Ushbu musobaqa har chorakda bir marta bo‘lib o‘tadi va bizning birinchi turnirimiz sizni musobaqaga chorlaydi

⌛️ Qachon va qayerda?
- Dastlabki musobaqa 2023 yilning 20 dekabrida ONLAYN (*) formatda bo‘lib o‘tadi.

✈️ Sizni musobaqada nima kutmoqda?
- Dinamik va qiziqarli masalalar;
- Kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish;
- Raqobatbardosh atmosfera va professional raqiblar;


👨‍💻Musobaqada kimlar ishtirok eta oladi?
- 16 yoshdan-30 yoshgacha bo‘lgan, axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasiga qiziqadigan barcha talaba va havaskorlar;
- Ishtirokchilar musobaqada yakka tartibda qatnashadilar;


🏆 Mukofot va Imtiyozlar
- G‘oliblarni pul mukofotlari, kelgusi turnirlardagi imtiyozlar va kelajakdagi professional kiberxavfsizlik jamoalari tarkibida o‘z o‘rnini yarata olish imkoniyati

Cyber-Bro CTF - kiber dunyoda o‘z bilimingizni namoyon qiling!

* Musobaqa sayti va musobaqa o‘tkazish shartlarini tez kunda eʼlon qilamiz

cyber-bro.uz | Telegram |
  • 🔥 14
  • 👍 4
  • 😢 2
  • 🎉 2
Post #109 4.39K
Kiberxavfsizlik sohasida mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi?

Cyber-Bro kompaniyasining asosiy maqsadlaridan biri kiberxavfsizlik sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlashdir. Biz izlayotgan bo‘lajak mutaxassis aynan siz bo‘lishingiz mumkin.

🔥 Diqqat! O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasida katta yangilik va o‘zgarishlar qilish uchun bel bog‘lagan CYBER-Bro kompaniyasi o‘z safiga kuchli qiziqishga ega, yosh, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydigan, mas'uliyatli va karyerasini professionallar orasida qurishni xohlovchi yoshlarni qabul qiladi.

Nima uchun aynan bizda?

• Innovatsiya va himoya:
kiberxavfsizlikning hayratlanarli dunyosiga biz bilan kirib boring va raqamli dunyoning xavfsiz sarhadlarini biz bilan qurishni boshlang;
• Ustozlar: sohaning eng zo‘r professionallaridan bilim olishni boshlang;
• Jamoa: kiberxavfsizlik ixlosmandlarining shijoatkor jamoasiga qo‘shiling;
• Kelajak: o‘z karyerangizni har qachongidan ham tez rivojlanayotgan kiberxavfsizlik sohasida boshlang.

Bizga o‘z vatanini, O‘zbekistonni sevadigan va uni kiber sarhadlarda munosiblar qatorida himoyalashni xohlovchilar zarur!

Kiber maydonga qadam qo‘yishga tayyormisiz?
O‘zingiz haqingizda batafsil yozilgan CV/Resume (PDF-fayl ko‘rinishida) ni telegram orqali (info@cyber-bro.uz) yuboring.

Cyber-Bro Academy - bugungi xavfsizlik kelajakdagi imkoniyatlar garovidir!

cyber-bro.uz | Telegram |
  • 🔥 19
  • 👍 7
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 👌 1
Post #108 2.82K
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi ⚡️⚡️⚡️ Senatdan sport vazirligigacha – davlat saytlaridan bir nechtasi yana xakerlar hujumiga uchradi Senat, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Yoshlar siyosati va sport vazirliklari sayti 7 noyabr kuni bir muddat ishlamay qoldi. 7 noyabr kuni soat 11:00…
⚡️⚡️⚡️ "Joriy yilning 6-7 noyabr kunlari Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga xakerlar tomonidan buzib kirish holatlari kuzatilmadi. Shuningdek, veb-saytlar ishchi holatida faoliyat yuritmoqda" deya xabar bermoqda Kiberxavfsizlik markazi.

cyber-bro.uz | Telegram |
  • 👍 5
  • 😢 3
  • 👏 2
Post #107 3.04K
⚡️⚡️⚡️ Senatdan sport vazirligigacha – davlat saytlaridan bir nechtasi yana xakerlar hujumiga uchradi

Senat, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Yoshlar siyosati va sport vazirliklari sayti 7 noyabr kuni bir muddat ishlamay qoldi.

7 noyabr kuni soat 11:00 atrofida Senat.uz, Adolat.uz, Edu.uz, Agmk.uz Minsport.uz veb saytlariga kirish imkonsiz bo‘lib qolgan. Kun.uz holatga aniqlik kiritish uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, davlat saytlari xavfsizligi masalasiga saytlarning o‘zi javobgar bo‘ladi.

“Bu saytlar xavfsizligi vazirlik vakolatida emas. Chunki saytlarning serverlari vazirlikda turmaydi, qolaversa, saytlarning xavfsizligiga ham saytni yasagan tashkilot mas’ul”, – deydi vazirlik vakili.

Kun.uz’dagi ma’lumotga ko‘ra, davlatning 70 foiz sayti 7 noyabr kuni ishlamay qolgan. Ularga DDOS hujum bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu – bitta saytga 1 milliondan ortiq marta kirish so‘rovini atayin yuborish tufayli sayt ishlamay qolgan bo‘lish ehtimoli bor degani.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019 yildan beri Kiberxavfsizlik markazi faoliyat yuritadi. Bu markaz vazifalariga davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ko‘maklashish ham kiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda davlat saytlariga xakerlar hujumi bundan oldin ham kuzatilgan. 2023 yilning oktyabr oyida Yoshlar siyosati va sport vazirligi sayti ketma-ket xakerlar hujumiga uchragandi. 2022 yil noyabr oyida esa Senat sayti 14 yoshli o‘smirlar tomonidan buzib kirilgandi.

Manba: KUN.UZ

cyber-bro.uz | Telegram |
  • 👍 11
  • ❤ 2
  • 😢 1
Post #106 3.2K
⚡️⚡️⚡️ Kaspersky antivirusi va dasturiy ilovalaridan hukumat tizimlarida foydalanish taqiqlanmoqda

Potensial tahdidlar hamda maxfiylik va xavfsizlik tamoyillariga tahdid soluvchi xatarlari tufayli Xitoyning WeChat xabar almashinuv ilovasi (messenjer) va Rossiyaning Kasperskiy laboratoriyasining kiberxavfsizlik sohasiga doir dasturiy vositalaridan 2023 yil 30 oktyabr kunidan boshlab Kanadaning hukumat qurilmalarida foydalanishni taqiqlandi.

🔻Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Kanadaning taqiqini muayyan mamlakatlardagi kompaniyalarga yo‘naltirilgan maqsadli bosim va bozor iqtisodiyoti tamoyillariga zid keladigan asossiz harakat sifatida tanqid qildi.

🔻Kaspersky laboratoriyasi xodimlari esa ushbu taqiqdan hayratda ekanliklari va hafsalasi pir bo‘lganini bildirdilar.

Taqiqlangan dasturiy ilovalar hukumat mobil qurilmalari va shaxsiy kompyuterlaridan o’chirib tashlanadi va foydalanuvchilarga kelajakda ushbu dasturiy ilovalarni yuklab olish taqiqlanadi.

Kanada 2023 yilning fevral oyida Xitoyning Bytedance kompaniyasiga tegishli qisqa video ilovasi - TikTokni ham maxfiylik va xavfsizlik nuqtai nazaridan hukumat qurilmalarida foydalanishni taqiqlagan edi.

cyber-bro.uz | Telegram |
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
Post #105 2.8K
#Bilasizmi

🔰 Shaxsga doir maʼlumotlar – muayyan shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda yoki boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.

📁 Shunga ko‘ra, shaxsga doir maʼlumotlar qatoriga shaxsning ism-familiyasi, pasporti (ID) va boshqa shaxsiy hujjatlaridagi qaydlar, tug‘ilgan sanasi va joyi, e-mail manzili, telefon raqami, yashash, o‘qish va ishlash joylari, oilaviy, ijtimoiy va mulkiy holati, qayerda taʼlim olgani, qaysi kasb egasi ekanligi, daromadi qanchaligi, fiziologik va biologik xususiyatlari kabi maʼlumotlar kiradi.

© Manba: Huquqiy axborot

cyber-bro.uz | Telegram |
  • 👍 5
  • 🔥 1
  • 🕊 1
Post #104 5.59K
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi Photo
🕵️‍♂️ O‘zbekiston axborot tizimlarida kiberjosuslik faoliyatini olib borgan Qozog‘istonga aloqador hakerlik guruhi (APT) fosh qilindi

Cisco Talos kompaniyasining kiberxavfsizlik mutaxassislari tomonidan YoroTrooper Kiber-josuslik guruhining faoliyati fosh qilindi. Kompaniya bergan bayonotga ko‘ra ushbu hakerlik guruhi faoliyati Qozog‘iston bilan bog‘liqligi, va bu guruh Qozog‘istondagi birinchi APT guruhi bo‘lishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.

APT (advanced persistent threat - uzluksiz mukammal tahdid) guruhlari axborot tarmoq/tizimlarida uzoq muddat davomida murakkab zararli Kiber-faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va kuchli resursga ega (odatda davlat va hukumatlar tomonidan moliyalashtiriladi) yuqori bilimga ega hakerlar guruhi hisoblanadi.

Bu guruhning faoliyati kiberxavfsizlik mutaxassislari tomonidan birinchi marta 2023 yil mart oyida aniqlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, xakerlar guruhi kamida 2022 yil iyun oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda va hozirda asosan MDH mamlakatlaridagi turli davlat idoralariga hujum qilmoqda.

YoroTrooper hujumlari odatda qimmatli maʼlumotlarni o‘g‘irlash uchun mo‘ljallangan turli zararli dasturlarni tarqatish uchun ishlatiladigan maqsadli fishingga asoslanadi. Baʼzi holatlarda xakerlar o‘z qurbonlarinining login/parollariga oid maʼlumotlarini yig‘ish uchun o‘zlarining nazorati ostidagi saytlarga yo‘naltirishlari ham kuzatilgan.
Mutaxassislarning fikricha, xakerlar va Qozog‘iston o‘rtasidagi bog‘liqlik xakerlarning qozoq va rus tillarini yaxshi bilishi, shuningdek, o‘z dasturiy vositalarini yaratish jarayonida rus tilidan foydalangani va qozoq tilidagi ko‘plab saytlarga kirishidan dalolat bermoqda.

Bundan tashqari, guruh vakillari vaqti-vaqti bilan Google qidiruv tizimi orqali tengening bitkoinga konvertatsiya qilish kursini (“btc to kzt”) tekshirib turadi va alfachange[.]com xizmatidan foydanlagn holda tengeni BTC ga aylantiriladi, o‘z infratuzilmalarini yaratish va qo‘llab (support) turish maqsadida ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun haq to‘lashda foydalanadi.
Tadqiqotchilar, shuningdek, YoroTrooper tomonidan muntazam ravishda mail[.]kz davlat elektron pochta xizmatini skanerlashini va saytni xavfsizlikning mumkin bo‘lgan zaifliklarini kuzatishga harakat qilishini aniqladilar. Biroq, xakerlar ushbu resurslarga hujum qilishmagan.

Shuningdek, guruh o‘z amaliyotlarini maxfiylashtirish maqsadida, hujumlar xuddiki Ozarbayjondan hududidan amalga oshiriyotgandek ko‘rsatish maqsadida o‘z infratuzilmalarining ko‘p qismini ushbu mamlakatda joylashtirgan va aynan Ozarbayjondagi mahalliy tashkilotlarga hujum qilgan.

Cisco Talosning bayonotiga ko‘ra Tojikiston savdo-sanoat palatasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish agentligi va Tashqi ishlar vazirligi, Qirg‘izistonning “Qirg‘izko‘mir” kompaniyasi va O‘zbekiston Energetika vazirligi rasmiysi allaqachon YoroTrooper guruhi hujumlarining asosiy qurboniga aylangan.

YoroTrooper 2023 yilning yanvarida O‘zbekiston davlat tuzilmalarini nishonga olish kampaniyasini boshlagan. Taxminan sakkiz oylik agressiv hujumlar natijasida 2023 yil avgustida, YoroTrooper O‘zbekiston Energetika vazirligining yuqori martabali amaldoridan birida mavjud ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. Cisco Talos ushbu ushbu hujumni tasdiqlagan bo‘lsada, aynan ushbu mulozimdan qanday maʼlumotlar o‘g‘irlanganligini aniqlay olishmagan.


cyber-bro.uz | Telegram |
  • 🔥 8
  • 👍 5
  • 👌 2
  • 😢 1
Post #101 3.56K
📚 Kiberxavfsizlik sohasida oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik

Cyber-Bro kompaniyasining asosiy maqsadlaridan biri - Respublikamizda kiberxavfsizlik sohasini rivojiga hissa qo‘shish va shu sohada mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashishdan iborat.

Kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash jarayonlarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ham munosib ishtirok etmoqda. Hozirgi kunda akademiyada AKT sohasida “Axborot xavfsizligini boshqarish” va “Kompyuter injiniringi” taʼlim yo‘nalishlarida talabalarga taʼlim berilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarga Kiberxavfsizlik asoslari, Kiberxavfsizlik siyosati, Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish, Kompyuter kriminalistikasi, Kriptografiya va kriptoanaliz, Kiberxavfsizlik jarayonlari va texnologiyalari, Axborot uzatish tizimi va tarmoqlari kabi fanlardan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Cyber-Bro kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida akademiya talabalari uchun kompaniyamiz mutaxassislari tomonidan Kompyuter kriminalistikasi fani doirasida “Kiber insidentlarni aniqlash va tahlil qilish” mavzusida dastlabki binar dars tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida kiber jinoyatlarni aniqlash, ularni tahlil qilish va ushbu jarayonda qo‘llaniluvchi dasturiy taʼminot vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy misollar ko‘rsatib berildi. 

Qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tgan mashg‘ulotda talabalar soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Kiberxavfsizlik sohasida taʼlimdagi hamkorlik va soha rivojiga befarq bo‘lmagan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va ustozlariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Shu o‘rinda Cyber-Bro kompaniyasi kiberxavfsizlik sohasida davlat va taʼlim tashkilotlari bilan kiberxavfsizlik, jumladan mutaxassislar malakasini oshirishda hamkorlikka tayyorligini maʼlum qiladi.

📧 Biz bilan bog‘lanish uchun: info@cyber-bro.uz

cyber-bro.uz | Telegram |
  • 👍 19
  • 🔥 6
  • 😢 3
  • ❤‍🔥 2
  • 👏 1
Post #96 3.6K
📱Samsung, Xiaomi yoki iPhone: qaysi biri xavfsiz?

24 oktabr kuni Kanada davlatida navbatdagi hakerlik turniri - PWN2OWN Toronto 2023 boshlandi. Ushbu turning sovrin jamg‘armasi bir million AQSH dollari ($ 1.000.000) bo‘lib, ushbu turnirdagi asosiy vazifalar mobil qurilmalar va IoT qurilmalar xavfsizligiga qaratilgan.

Turning birinchi kunidayoq (24 oktabr) kiberxavfsizlik mutaxassislari tomonidan topilgan 23 ta zaiflik uchun turnir tashkilotchilari tomonidan 438.750 $ mukofot to‘landi.

Tadqiqotchi-pentesterlar tomonidan Samsung Galaxy S23 telefoni 2 marta buzildi, shuningdek Xiaomi 13 Pro telefonida 0-day zaiflik aniqlandi.

Misol uchun, Pentest Limited birinchilardan bo‘lib Samsung Galaxy S23 flagmanidagi 0-day zaiflikdan foydalangan holda, telefon boshqaruv huquqini qo‘lga oldi va mukofot sifatida 50.000 AQSH dollarini qo‘lga kiritdi.

Buning ortidan Apple iPhone 14 va Google Pixel 7 telefonlaridagi kiber zaifliklarni topganlarga mos ravishda 300.000 AQSH dollari va 250.000 AQSH dollar mukofot eʼlon qilindi.

Turnirning ikkinchi kunida (25 oktabr) kiberxavfsizlik mutaxassislariga tashkilotchilar tomonidan mukofot tarzida to‘langan umumiy summa miqdori 801.250 AQSH dollariga yetdi.

Ikkinchi kuni eng katta yutuqni Chris Anastasio qo‘lga kiritdi, u tomonidan qo‘lga kiritilgan mukofot puli 100.000 AQSH dollariga teng bo‘lib, Chris tomonidan TP-Link Omada Gigabit Router va Lexmark SX331adve printerida zaifliklar aniqlandi.

❗️PWN2OWN Toronto 2023 tanlov qoidalariga ko‘ra barcha mobil va IoT qurilmalaridagi barcha operatsion tizimlarning eng so‘ngi versiyasi va eng so‘ngi xavfsizlik parametrlari yangilangan holatda bo‘lishi zarur.

Turnir 27 oktabrgacha davom etadi. Turnirning yakuniy natijalari bilan kanalimizda tanishtirib boramiz.

cyber-bro.uz | Telegram |
  • 👍 26
  • 🔥 6
  • 🤩 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →