TGViewer
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi @cyberbrosecurity · 2.69K subscribers
Post #104 5.59K
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi Photo
🕵️‍♂️ O‘zbekiston axborot tizimlarida kiberjosuslik faoliyatini olib borgan Qozog‘istonga aloqador hakerlik guruhi (APT) fosh qilindi

Cisco Talos kompaniyasining kiberxavfsizlik mutaxassislari tomonidan YoroTrooper Kiber-josuslik guruhining faoliyati fosh qilindi. Kompaniya bergan bayonotga ko‘ra ushbu hakerlik guruhi faoliyati Qozog‘iston bilan bog‘liqligi, va bu guruh Qozog‘istondagi birinchi APT guruhi bo‘lishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.

APT (advanced persistent threat - uzluksiz mukammal tahdid) guruhlari axborot tarmoq/tizimlarida uzoq muddat davomida murakkab zararli Kiber-faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va kuchli resursga ega (odatda davlat va hukumatlar tomonidan moliyalashtiriladi) yuqori bilimga ega hakerlar guruhi hisoblanadi.

Bu guruhning faoliyati kiberxavfsizlik mutaxassislari tomonidan birinchi marta 2023 yil mart oyida aniqlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, xakerlar guruhi kamida 2022 yil iyun oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda va hozirda asosan MDH mamlakatlaridagi turli davlat idoralariga hujum qilmoqda.

YoroTrooper hujumlari odatda qimmatli maʼlumotlarni o‘g‘irlash uchun mo‘ljallangan turli zararli dasturlarni tarqatish uchun ishlatiladigan maqsadli fishingga asoslanadi. Baʼzi holatlarda xakerlar o‘z qurbonlarinining login/parollariga oid maʼlumotlarini yig‘ish uchun o‘zlarining nazorati ostidagi saytlarga yo‘naltirishlari ham kuzatilgan.
Mutaxassislarning fikricha, xakerlar va Qozog‘iston o‘rtasidagi bog‘liqlik xakerlarning qozoq va rus tillarini yaxshi bilishi, shuningdek, o‘z dasturiy vositalarini yaratish jarayonida rus tilidan foydalangani va qozoq tilidagi ko‘plab saytlarga kirishidan dalolat bermoqda.

Bundan tashqari, guruh vakillari vaqti-vaqti bilan Google qidiruv tizimi orqali tengening bitkoinga konvertatsiya qilish kursini (“btc to kzt”) tekshirib turadi va alfachange[.]com xizmatidan foydanlagn holda tengeni BTC ga aylantiriladi, o‘z infratuzilmalarini yaratish va qo‘llab (support) turish maqsadida ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun haq to‘lashda foydalanadi.
Tadqiqotchilar, shuningdek, YoroTrooper tomonidan muntazam ravishda mail[.]kz davlat elektron pochta xizmatini skanerlashini va saytni xavfsizlikning mumkin bo‘lgan zaifliklarini kuzatishga harakat qilishini aniqladilar. Biroq, xakerlar ushbu resurslarga hujum qilishmagan.

Shuningdek, guruh o‘z amaliyotlarini maxfiylashtirish maqsadida, hujumlar xuddiki Ozarbayjondan hududidan amalga oshiriyotgandek ko‘rsatish maqsadida o‘z infratuzilmalarining ko‘p qismini ushbu mamlakatda joylashtirgan va aynan Ozarbayjondagi mahalliy tashkilotlarga hujum qilgan.

Cisco Talosning bayonotiga ko‘ra Tojikiston savdo-sanoat palatasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish agentligi va Tashqi ishlar vazirligi, Qirg‘izistonning “Qirg‘izko‘mir” kompaniyasi va O‘zbekiston Energetika vazirligi rasmiysi allaqachon YoroTrooper guruhi hujumlarining asosiy qurboniga aylangan.

YoroTrooper 2023 yilning yanvarida O‘zbekiston davlat tuzilmalarini nishonga olish kampaniyasini boshlagan. Taxminan sakkiz oylik agressiv hujumlar natijasida 2023 yil avgustida, YoroTrooper O‘zbekiston Energetika vazirligining yuqori martabali amaldoridan birida mavjud ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. Cisco Talos ushbu ushbu hujumni tasdiqlagan bo‘lsada, aynan ushbu mulozimdan qanday maʼlumotlar o‘g‘irlanganligini aniqlay olishmagan.


cyber-bro.uz | Telegram |
  • 🔥 8
  • 👍 5
  • 👌 2
  • 😢 1
More from @cyberbrosecurity
  1. Oct 12, 2026📣 Mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi! CYBER-BRO jamoasi cyber…
  2. Oct 12, 2026video post
  3. Oct 5, 2026🔥 AVANGARD ning yangi soni chiqdi! Yangilanishda: 🟣Clipboard Manager — clipboard’dagi ma…
  4. Oct 1, 20261-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 CYBER-BRO jamoasi nomidan barcha ustoz v…
  5. Sep 26, 202626-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.
  6. Sep 25, 2026✅ SOC - Security operation center va bu xizmat atrofidagi mif'lar haqida posterda tanishin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →