TGViewer
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi @cyberbrosecurity · 2.69K subscribers
Post #439 750
📣 Mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi!

CYBER-BRO jamoasi cyber-bro.uz va cybertrust.uz platformalarini yangiladi. Hozirda kerakli xizmatni aniqlash, kursni tanlash hamda mutaxassis bilan aloqa o‘rnatish bir necha daqiqada amalga oshiriladi.

Platformada quyidagilar mavjud:

- Xizmatlar — 15 ta asosiy va 3 ta qo‘shimcha xizmat
Pentest, Red Team, xavfsizlik auditi, SOC, insidentlarni tekshirish (DFIR) va boshqa yo‘nalishlar. Har bir xizmat sahifasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tavsifi va kutilayotgan natijalar aniq va tushunarli tarzda bayon etilgan.

- Akademiya — 17 ta amaliy kurs
Boshlang‘ich kibergigiyena asoslaridan Red Team va SOC yo‘nalishlarigacha bo‘lgan kurslar. Kurslar 50 soatdan 190 soatgacha davom etadi, o‘zbek tilida onlayn yoki oflayn formatda o‘qitiladi. Darslarning asosiy qismi amaliy mashg‘ulotlarga bag‘ishlangan.

- Mahsulotlar — 5 ta o‘z ishlab chiqarilgan yechim
Tashqi tahdidlarni kuzatuv tizimi, Windows va mobil qurilmalar xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy ta’minot, shuningdek, brauzer himoyasi vositalari.

- Onlayn bron qilish — cybertrust.uz
Mutaxassis yoki xizmatni onlayn shaklda band qiling. Vazifa tavsifini yuborasiz; qamrov doirasi, bajarish muddati va kutilayotgan natija siz bilan kelishiladi.

Maqsadli auditoriya:
— biznes faoliyati va mijozlar ma’lumotlarini himoya qilishni maqsad qilgan kompaniyalar;
— jamoa a’zolarining kasbiy malakasini oshirishga intilgan rahbarlar;
— kiberxavfsizlik sohasida kasb egallashni rejalashtirgan shaxslar.

- Tanishuv: cyber-bro.uz
- Bron qilish va buyurtma berish: cybertrust.uz

🇺🇿 CYBER-BRO - Xavfsiz kiber sarhadlar sari!
  • 🔥 13
  • ⚡ 6
  • 👍 5
More from @cyberbrosecurity
  1. Oct 12, 2026video post
  2. Oct 5, 2026🔥 AVANGARD ning yangi soni chiqdi! Yangilanishda: 🟣Clipboard Manager — clipboard’dagi ma…
  3. Oct 1, 20261-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 CYBER-BRO jamoasi nomidan barcha ustoz v…
  4. Sep 26, 202626-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.
  5. Sep 25, 2026✅ SOC - Security operation center va bu xizmat atrofidagi mif'lar haqida posterda tanishin…
  6. Sep 24, 2026💥 Ogohlantiraman!, yangilandi — v1.7.2 Chrome uchun bepul xavfsizlik kengaytmamiz endi sa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →