TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75531 1.89K
#xalqaro_hamkorlik

Bojxona qo‘mitasining Xitoydagi rasmiy vakili K.Kadirov “2026 Conference on Animal Welfare in the Sustainable Agri-Food Systems” xalqaro konferensiyasi doirasida tashkil etilgan panel muhokamasida ishtirok etdi.


Tadbirda xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, davlat idoralari, ilmiy muassasalar hamda ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi.

“Barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatining kelgusidagi o‘sish imkoniyatlari” mavzusidagi panel muhokamasida O‘zbekiston vakili mamlakatimizning Xitoy bilan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi sohasidagi hamkorligini kengaytirish istiqbollari, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining xalqaro savdosida import va eksport talablariga rioya etish, sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish hamda logistika jarayonlarini samarali tashkil etishning ahamiyati ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, ushbu yo‘nalishlarda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini takomillashtirish, tovarlarning transchegaraviy harakatini jadallashtirish hamda tashqi savdo tartib-taomillarini soddalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Xalqaro konferensiya doirasidagi muloqot qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash hamda ushbu sohalarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.
More from @customschannel
  1. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi islohotlarni jadallashtirish…
  2. Oct 16, 2026#xavfsiz_mahalla Bugun Bojxona qo‘mitasi va Sergeli tumani hokimligi matbuot xizmatlarinin…
  3. Oct 16, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash Giyohvandlik – hayot yo‘lidagi xatar Mahalla telekanalining…
  4. Oct 16, 2026Sirdaryoda zamonaviy “Maxsus surishtiruv xonasi” foydalanishga topshirildi Sirdaryo viloya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →