TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75435 2.59K
#Yoshlar_kuni
 
“Sirdaryo” chegara bojxona postida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
 
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir davomida yoshlar chegara bojxona posti faoliyati, bojxona nazorati jarayonlari hamda sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Xususan, yo‘lovchilar va fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, nazorat jarayonlarida foydalanilayotgan zamonaviy texnik vositalar va raqamlashtirilgan bojxona tizimlari namoyish etildi.
 
Shuningdek, zamonaviy “Z-Portal” inspeksion ko‘rik majmuasining ishlash imkoniyatlari ko‘rsatilib, uning bojxona nazoratida tezkorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati tushuntirildi. Xizmat itlari ishtirokida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmali chiqishlar esa yoshlarning alohida qiziqishiga sabab bo‘ldi.
 
Muloqot davomida o‘quvchilarga bojxona organlarida xizmatni o‘tash tartibi, sohada mavjud kasbiy imkoniyatlar, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kelajakda bojxonachi bo‘lish istagidagi yoshlar uchun zarur talablar haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

 
Bunday tadbirlar yoshlarning bojxona haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda kelajak kasbini tanlashda to‘g‘ri yo‘nalish olishlariga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
More from @customschannel
  1. Oct 16, 2026#ona_tilim_faxrim Bojxona qo‘mitasida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bila…
  2. Oct 16, 2026Toshkent TV | В результате проверки курьерской посылки из Китая таможенники обнаружили поч…
  3. Oct 16, 2026#xalqaro_hamkorlik Bojxona qo‘mitasining Xitoydagi rasmiy vakili K.Kadirov “2026 Conferenc…
  4. Oct 16, 2026#ona_tilim_faxrim Bojxona qo‘mitasida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan e’l…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →