Hujjatlarda aks ettirilmagan 1 milliard so'mdan ortiq tovarlar to'xtatib qolindi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan yuk avtotransport vositasining hujjatlari o‘rganilganida deklaratsiyada qayd etilmagan tovarlar mavjud degan shubha uyg‘ondi.
Keyin esa avtotransport vositasi “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilib, bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida 5 turdagi, montaj yelimi, shisha eshiklar uchun qulflar, metall eshik tutqichlari, osma roliklar hamda eshiklarni avtomatik yopuvchi gidravlik moslamalar hujjatlarda aks ettirilmagani ma'lum bo'ldi.
Mazkur tovarlarning dastlabki qiymati 1 milliard 305 million so‘mni tashkil etdi.
Aniqlangan tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Post #75379
1.66K






