#Xavfsiz_mahalla
Sergeli tumanida tungi osoyishtalikni ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishildi
Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari O.Choriyev va boshqarma boshlig'i A.Xusanov tomonidan tumandagi mahallalarga tungi smenalarga biriktirilgan xodimlar bilan yo'riqnoma o'tkazilib, ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Hududlarda aniqlangan kamchiliklarni vaqtida aniqlash va joyida bartaraf etish, “sariq” va “qizil” toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, Rais o’rinbosari va boshqa mas'ullar “Madadkor” MFYda ham bo'lishdi. Mahalladagi savdo shoxobchalari, jumladan, spirtli ichimliklar doʻkonlari faoliyati oʻrganilib, belgilangan vaqtda do'konni yopish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish yuzasidan sotuvchilarga ko'rsatmalar berildi.
Ushbu jarayonda profilaktika inspektorlari bilan ham suhbat o'tkazilib, tungi xizmat olib borish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Shundan so‘ng o‘rganish ishlari “Ziynat” mahallasida davom ettirildi. Xilvat hududlarda tunda bekor o‘tirgan yoshlar bilan muloqot o'tkazilib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Post #75109
3.01K







