TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #75079 2.2K
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi


Bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida 47 yoshli fuqaroning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, xonadon yerto‘lasida qonunga xilof ravishda saqlanayotgan 84 dona konvalyutadagi jami 1176 dona “Regapen” dori vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan sud-kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, mazkur dori vositalari tarkibida jami 352,5 gramm “pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi mavjudligi tasdiqlandi.

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, mazkur moddaning 10 grammdan yuqorisi ko‘p miqdorni tashkil etadi va jaobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tarkibida “gabapentin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi bo‘lgan 204 dona “Gabaten” dori vositasini 1600 AQSH dollariga sotishga uringan shaxs ham qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
More from @customschannel
  1. Oct 8, 2026#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumanida tungi osoyishtalikni ta’minlash borasidagi ishlar bilan…
  2. Oct 8, 2026#xavfsiz_mahalla “Xavfsiz Sergeli” — xavfsiz muhit sari yangi muloqot maydoni Bojxona qo‘m…
  3. Oct 8, 2026Prezidentimiz Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi. — Президент нашей ст…
  4. Oct 8, 2026Avazadagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Arman…
  5. Oct 8, 2026Bugun Toshkent shahrida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →