TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #75095 1.59K
Bugun Toshkent shahrida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

“Sud ekspertizasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida tashkil etilgan tadbirda Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov, Oliy sudi raisining o‘rinbosari A.Shukurov, Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Musamuxamedov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari R.Ashropov, Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti kampus direktori Purvi Pokhariyal hamda bir qator xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjumanda sudlar va ekspertlik muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, mazkur hamkorlik faqat hujjat almashinuvi bilan cheklanmaydi. Sud tomonidan zarur materiallarning o‘z vaqtida taqdim etilishi, ekspert tomonidan esa ilmiy asoslangan, puxta va xolis xulosa tayyorlanishi odil sudlov sifatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Konferensiyada sud ekspertizasi sohasining boshqa yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, noqonuniy tovarlarni aniqlash va ularning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yishda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Bojxona qo‘mitasining asosiy hamkorlaridan biri ekani qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir yil davomida Markaz bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ekspertizalar natijasida 500 milliard so‘mdan ortiq qiymatdagi moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgan. Shuningdek, hamkorlik natijasida davlat byudjetiga qariyb 100 milliard so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilishiga erishilgan.

Tadbir davomida Bojxona qo‘mitasi Raisining buyrug‘iga asosan, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yillik yubileyi munosabati bilan sohani rivojlantirish, odil sudlovni ta’minlashga ko‘maklashish hamda sud ekspertizasi tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 3 nafar xodim rag'batlantirildi.

Yakunda sud ekspertizasi sohasida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
More from @customschannel
  1. Oct 8, 2026#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumanida tungi osoyishtalikni ta’minlash borasidagi ishlar bilan…
  2. Oct 8, 2026#xavfsiz_mahalla “Xavfsiz Sergeli” — xavfsiz muhit sari yangi muloqot maydoni Bojxona qo‘m…
  3. Oct 8, 2026Prezidentimiz Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi. — Президент нашей ст…
  4. Oct 8, 2026Avazadagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Arman…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →