TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #74881 2.5K
#xalqaro_hamkorlik

Buxoroda radiatsiya va yadroviy xavfsizlik boʻyicha oʻquv kursi boshlandi


Bugun Buxoro shahrida radiatsiya va yadroviy xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, yadroviy hamda boshqa radioaktiv materiallarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan 4 kunlik oʻquv kursi oʻz ishini boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi va AQSh Energetika vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan mazkur tadbir sohaga aloqador 11 ta vazirlik va idora vakillarini oʻzida jamlagan.

Tadbirning ochilishida AQSh Energetika vazirligi vakillari Sh.Xefernan, A.Bekerra, P.Kolbas oʻquv kursini tashkil etishdagi oʻzaro samarali hamkorlik uchun Bojxona qoʻmitasiga minnatdorchilik bildirishdi. Oʻz oʻrnida Bojxona qoʻmitasining Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Sh.Moʻminov amerikalik mutaxassislarning yurtimizga tashrifi bilan qutlab, oʻz bilim va tajribasini oʻrtoqlashishayotgani uchun tashakkur bildirdi.

Oʻquv kursi davomida asosiy eʼtibor radiatsiya va yadroviy xavflarni aniqlash hamda ularga tezkor javob qaytarish boʻyicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, masʼul tuzilmalarning amaliy salohiyatini oshirish va radioaktiv materiallarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratiladi.


Tadbir davomida ishtirokchilar, jumladan, bojxona xodimlari bu boradagi xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻladilar. Amaliy mashgʻulotlar doirasida esa idoralararo tezkor harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda favqulodda holatlarda samarali hamkorlik qilish koʻnikmalarini mustahkamlashadi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur oʻquv kursi Bojxona qoʻmitasi Raisining AQShga amaliy tashrifi doirasida AQSh Energetika vaziri bilan imzolagan hamkorlikdagi tadbirlar rejasiga asosan tashkil etilmoqda.
More from @customschannel
  1. Oct 5, 2026🟦🟦🟦 "Ayritom" chegara-bojxona postida 52 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositasi ushla…
  2. Oct 5, 2026Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport deleg…
  3. Oct 5, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar…
  4. Oct 5, 2026#xavfsiz_mahalla “Xavfsiz Sergeli” — xavfsiz muhit sari yangi muloqot maydoni Bojxona qo‘m…
  5. Oct 5, 2026#xalqaro_hamkorlik Milliy kinologiya markazida 5–9-oktyabr kunlari qurol-yarog‘, o‘q-doril…
  6. Oct 5, 2026Milliy kinologiya markazida mintaqaviy o‘quv-trening boshlandi Bugun Bojxona qo‘mitasining…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →