#intellektual_bojxona
Bojxona auditi: zamonaviy nazoratning yangi bosqichi!
Bojxona nazorati zamonaviy texnologiyalar asosida yanada manzilli va samarali tus olmoqda.
Bojxona auditi orqali tovarlar chiqarilgandan keyin tashqi iqtisodiy operatsiyalar, hujjatlar, bojxona qiymati, tovar kodi va imtiyozlar bilan bog‘liq ma’lumotlar tahlil qilinadi.
Eng muhimi, nazorat tizimida «avval ogohlantirish — keyin nazorat» tamoyilini kuchaytirish, tadbirkorga aniqlangan kamchiliklarni mustaqil bartaraf etish imkoniyatini berish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, kelgusida sun’iy intellekt asosidagi «AI-tahlil», OCR va NLP texnologiyalaridan foydalanish orqali katta hajmdagi ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Asosiy maqsad — bojxona to‘lovlarining to‘liqligini ta’minlash, nazoratni xavflarga asoslangan holda tashkil etish va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun yanada shaffof va tushunarli muhit yaratish.
Post #74880
4.15K