TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74663 967

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezidentimiz kasbiy ta’limga to‘xtalar ekan, “Hunar – hunardan rizqing unar”, degan naqlni keltirdi. So‘nggi ikki yilda 104 ta texnikumga Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya va Xitoyning xalqaro dasturlari olib kirildi. 25 ming korxona bilan hamkorlik natijasida 100 mingdan ziyod yosh o‘qish barobarida daromad topish imkoniga ega bo‘ldi.

Shu yildan dual ta’limda kasb o‘rganayotgan yoshlarga 1 million 300 ming so‘mgacha stipendiya to‘lanmoqda. Bu yil 9-sinfni bitirgan 220 ming o‘quvchi texnikumga jalb qilindi.

Xalqaro dasturlar bosqichma-bosqich barcha texnikumlarga joriy etiladi. Buning uchun ustalarni tayyorlash va rag‘batlantirish ham kuchaytiriladi: kelasi yildan xalqaro kasb sertifikatiga ega ustaga 50 foiz ustama to‘lanib, sertifikat xarajati to‘liq qoplanadi.

Har yili 500 nafar texnikum ustasi Germaniya, Shveytsariya, Turkiya va Xitoy kabi davlatlarda stajirovka o‘taydi.

Facebook|Instagram|X
More from @customschannel
  1. Sep 30, 2026KUN NAFASI Bojxona institutida ustozlarga ehtirom ko’fsatildi!
  2. Sep 30, 2026“1-oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Bojxona institutida “Uch avl…
  3. Sep 30, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбе…
  4. Sep 30, 20261-oktyabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan hududlarda bayram tadbirlari d…
  5. Sep 30, 2026#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumanidagi mahallalarda kriminogen vaziyatning oldini olish masal…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →