TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74558 836

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Davlatimiz rahbari ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi. Birinchi jamoa 11 turning yettitasida g‘alaba qozonib, dunyoning kuchli shaxmat mamlakatlari vakillari bilan tengma-teng kurashdi.

Afruza Hamdamova, Gulruxbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Nilufar Imomqo‘ziyeva, Guldona Karimova va boshqa shaxmatchi qizlarning mehnati alohida e’tirof etildi.

– Ishonaman, hali o‘zbek shaxmatchi qizlari ham Olimpiada shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga albatta ko‘tariladi,

– dedi Prezidentimiz.

Samarqanddagi uchinchi FIDE parashaxmat olimpiadasida terma jamoamiz ilk bor bronza medalini qo‘lga kiritdi. Selbi Kakishova yettita o‘yinda olti ochko jamg‘arib, o‘z taxtasida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Abdulaziz Bahodirov shaxsiy hisobda bronza medalni qo‘lga kiritdi, Ahadxon Kimsanbayev esa birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi. Prezidentimiz parashaxmatchilarning har biriga alohida tahsin bildirdi.

– Sizlar o‘z jasoratingiz, aql-zehningiz, irodangiz va tinimsiz mehnatingiz bilan minglab insonlarga juda katta ibrat va namuna ko‘rsatdingiz,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X
More from @customschannel
  1. Sep 29, 2026Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan Vatanimiz shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi, m…
  2. Sep 29, 2026Prezidentimiz shaxmat va parashaxmat olimpiadalarining g‘olib va sovrindorlari hamda ularn…
  3. Sep 29, 2026Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxma…
  4. Sep 29, 2026🥰 Barnoxon Sayfullayevaga oltin medal keltirgan sakrash ✅ 1,90 metr (PB)
  5. Sep 29, 2026Prezidentimizga hozirgina Nagoyadan yana bir xushxabar yetkazildi. @Sinchalak_blog
  6. Sep 29, 2026Prezidentimiz keyingi maqsadni shunday belgiladi: “Yangi O‘zbekistonni nafaqat Olimpiada c…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →