Erkaklar o‘rtasidagi ikkinchi jamoamiz jahon reytingida oltinchi o‘rinda turgan Niderlandiya terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Davlatimiz rahbari buni ham muhim yutuq deb baholadi.
Uchinchi jamoa tarkibidagi 17 yoshli Asrorjon Omonov sakkizta o‘yinda yettita g‘alabaga erishdi. Uning natijasi mamlakatimizda yetishib kelayotgan iste’dodli shaxmatchilar salohiyatini ko‘rsatdi.
– Bizda 2-3 nafar shaxmatchi emas, balki butun boshli kuchli avlod bor desak, bu ham haqiqat,
– dedi Prezidentimiz hamda bu avlod va uning ortidan kelayotgan yoshlar jahon shaxmatida hali ko‘plab yutuqlarga erishishiga ishonch bildirdi.
Facebook|Instagram|X
