Respublika hududida o‘tkazilayotgan "Qidiruv" tezkor tadbiri doirasida jinoiy javobgarlikdan qochib, yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha tezkor harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 14-oktabr kuni olib borilgan tadbirlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi hamda 141²-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Buxoro viloyati IIB KQKB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan joriy yilning 12-avgust kuni qidiruv e'lon qilingan fuqaro — Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, "Xayrobot" MFYda yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan M. I.ning yashirinib yurgan manzili aniqlandi.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, qidiruvdagi ushbu shaxs Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani hududida qo‘lga olindi.
Hozirgi vaqtda mazkur shaxsga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
