Respublika hududida hamda uning tashqarisida jinoiy javobgarlikdan qochib, yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha tezkor harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov idoralaridan yashiringanligi sababli Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan joriy yilning 27-avgust kuni qidiruv e'lon qilingan fuqaro — Peshku tumani, "Sadir" MFYda yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan I. J.ning yashirinib yurgan manzili aniqlandi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qidiruvdagi ushbu shaxs Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri hududida ushlanib, O‘zbekiston Respublikasiga yuborilishi ta'minlandi. I.J. "Toshkent xalqaro aeroporti"da qo‘lga olinib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan holda Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov guruhiga topshirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
