TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 144K subscribers
Post #125955 2.56K
#Yoshlar_kuni
Qorovulbozor tumani 5-maktabda "Payshanba — yoshlar kuni" doirasida tadbir bo'lib o'tdi
Qorovulbozor tumani "Jarqoq" mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 5-umumta'lim maktabida "Payshanba — yoshlar kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda "Jarqoq" MFY yoshlar yetakchisi, 5-umumta'lim maktabining rahbariyati, fidoiy pedagoglar jamoasi hamda maktabning faol o'quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida o'sib kelayotgan yosh avlodning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda iqtidorlarini yuzaga chiqarish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Yoshlar yetakchisi va maktab rahbariyati so'zga chiqib, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to'xtalib o'tishdi.

Shuningdek, uchrashuv ochiq muloqot tarzida o'tib, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va kelgusidagi rejalari, yangi tashabbuslari bilan o'rtoqlashdilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarning maktab va mahalla hayotidagi ishtirokini kuchaytirib, ularni vatanparvarlik va bunyodkorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 8, 2026Qo‘qondagi pichoqbozlik tufayli yoshligini Buxoro panjaralari ortida o‘tkazayotgan yigit i…
  2. Oct 8, 2026#Giyohvandlikka_qarshimiz “Tanlov oʻz qoʻlingda: biz giyohvandlikka qarshimiz” 🇺🇿 Rasmiy…
  3. Oct 8, 2026#Yoshlar_kuni G‘ijduvonda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Bugun G‘ijduvon tumani ho…
  4. Oct 8, 2026G‘ijduvon tumanida yoshlarni giyohvandlikdan asrash bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →