TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 144K subscribers
Post #125945 2.18K
#Yoshlar_kuni
G‘ijduvonda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugun G‘ijduvon tumani hokimi hamda tuman IIB boshlig‘i boshchiligida ishsiz yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Bir yosh — bir ish beruvchi” tamoyili asosida o‘tgan muloqotda yigit-qizlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir tuman DSI binosi oldidagi “Tadbirkorlik paviloni”da mehnat yarmarkasi bilan davom etdi. Unda yoshlarga bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Shuningdek, tadbirkorligini boshlash istagidagilar uchun imtiyozli kredit asosida xarid qilinadigan zamonaviy uskunalar, tikuv mashinalari va nasldor chorva mollari namoyish qilindi.

Uchrashuv davomida yoshlarni ishga joylashtirish, chet tillarini o‘rganishi va o‘zini o‘zi band qilishi bilan bog‘liq masalalarga joyning o‘zida amaliy yechim topilib, mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 8, 2026Qo‘qondagi pichoqbozlik tufayli yoshligini Buxoro panjaralari ortida o‘tkazayotgan yigit i…
  2. Oct 8, 2026#Giyohvandlikka_qarshimiz “Tanlov oʻz qoʻlingda: biz giyohvandlikka qarshimiz” 🇺🇿 Rasmiy…
  3. Oct 8, 2026#Yoshlar_kuni Qorovulbozor tumani 5-maktabda "Payshanba — yoshlar kuni" doirasida tadbir b…
  4. Oct 8, 2026G‘ijduvon tumanida yoshlarni giyohvandlikdan asrash bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →