G‘ijduvon tumanida voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarni iste’mol qilishning barvaqt oldini olishga qaratilgan amaliy profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda kelajagimiz egalarini turli salbiy illatlardan asrash va ularning huquqiy savodxonligini oshirish asosiy maqsad qilib olindi.
Tadbirlar davomida xodimlar tomonidan o‘quvchi-yoshlarga giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi hamda kelajagiga ko‘rsatadigan xavfli ta’siri tushuntirildi. Bunday qilmishlarning nafaqat ijtimoiy, balki og‘ir huquqiy oqibatlari borligi hayotiy misollar yordamida yetkazildi.
Targ‘ibot jarayonida voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda turli zararli odatlardan yiroq bo‘lish muhimligi uqtirildi. Yoshlarni sportga jalb qilish, ilm-fan va foydali mashg‘ulotlar bilan band etish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish mumkinligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube







