TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 147K subscribers
Post #125899 3.39K
Sohil voleyboli bo‘yicha talabalar o‘rtasidagi musobaqa yakunlandi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Xalqaro innovatsion universiteti mezbonligida sportning sohil voleyboli turi bo‘yicha Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi.

Bir necha kun davomida qum maydonida kechgan bahslarda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan talaba-yoshlar g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar. Musobaqa davomida jamoalar yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatni namoyish etdilar.

Quvonarlisi shundaki, musobaqada Buxoro terma jamoasi a’zolari ajoyib natijalarni qayd etishdi. O‘ynalgan jami 6 ta sovrinli o‘rindan 3 tasini aynan buxorolik yoshlar qo‘lga kiritishdi. Xususan, qizlar jamoasi faxrli ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar jamoasi ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi.

Yakuniy bahslarda eng kuchli jamoalar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Qodirali Mamadaliyev ishtirok etib, sportchilarga diplom va sovrinlarni topshirdi.
Barcha ishtirokchilarni, g‘olib va sovrindorlarni, ayniqsa Buxoro viloyati jamoasini, ularning murabbiylari hamda musobaqa tashkilotchilarini muborakbod etamiz.

Talabalar o‘rtasidagi bunday musobaqalar sohil voleybolini ommalashtirish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring va eng qaynoq yangiliklardan xabardor bo‘ling.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 8, 2026G‘ijduvon tumanida yoshlarni giyohvandlikdan asrash bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazi…
  2. Oct 8, 2026Oliy ta’lim muassasalarida "Turmush" profilaktik tadbirlari doirasida targ'ibot ishlari ol…
  3. Oct 8, 2026#Yoshlar_kuni Vobkent tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi Bugun Vobkent tum…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →