Vobkent tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
Bugun Vobkent tumani hokimi, tuman IIB boshlig‘i hamda DSI rahbari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, shuningdek, ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.
Yuzma-yuz muloqot davomida yigit-qizlarning muammo va takliflari tinglandi. Ularning murojaatlariga tezkor yechim topish, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu muhim masalalar yechimi va ijrosi yuzasidan mutasaddilar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube









